Jamiyat

TIV rahbari oʻrinbosari Ukraina elchixonasidagi hamdardlik kitobiga qayd kiritdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov Ukrainaning Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. 2020 yil 10 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov Ukrainaning Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

Premyer-ministr Kanadы Djastin Tryudo - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Ukraina samolyoti Eron raketasi bilan urib tushirilgan – Kanada bosh vaziri

"TIV rahbari oʻrinbosari 2020 yil 8 yanvar kuni “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ga tegishli Boing-737 samolyotning Eron hududida aviahalokatga uchrashi oqibatida insonlarning qurbon boʻlgani munosabati bilan samimiy taʼziya izhor etdi va Elchixonada ochilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi", - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Tehron aeroportidan osmonga koʻtarilgan "Ukraina xalqaro avialiniyalari" kompaniyasining Boeing-737 yoʻlovchi samolyoti bir necha daqiqadan soʻng halokatga uchradi. Samolyotda boʻlgan 170 nafar yoʻlovchi hamda 9 nafar ekipaj aʼzolari halok boʻldi. Yoʻlovchilarning aksariyati Eron fuqarolari boʻlishgan – 140 kishi. Shuningdek, ular orasida Ukraina, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya hamda Afgʻoniston fuqarolari ham boʻlishgan.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina va Eron prezidentlariga hamdardlik maktublarini yoʻllagandi. Telegrammada Oʻzbekiston prezidenti marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala