Qay hollarda xorijiy OTM diplomini tan olishda muammo yuzaga kelishi mumkin

© Sputnik / Vitaliy AnkovStudentы v auditorii
Studentы v auditorii - Sputnik Oʻzbekiston
2019 yil xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisida hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash boʻyicha jami 12867ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 3337(26%i)tasi nostrifikatsiyalangan.

TOSHKENT, 10 yanv - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Taʼlim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi tahlillariga koʻra, soʻnggi uch yilda Oʻzbekistonda xorijiy taʼlim kvalifikatsiyalarini tan olish va nostrifikatsiya qilishga oid arizalar soni 5,3 martaga oʻsgan. Bu haqda bugun AOKAda oʻtkazilgan matbuot-anjumanida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev maʼlum qildi.

Studentы v auditorii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda Rossiya OTM filiallari soni bittaga koʻpayadi

Xususan, Davlat inspektsiyasida 2017 yil - 2409 ta, 2018 yil - 4964 ta, 2019 yil 12 867 ta arizalar roʻyxatga olingan.

2019 yil xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisida hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash boʻyicha jami 12867ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 3337(26%i)tasi nostrifikatsiyalangan.

"Arizalarning 72,4 foizi qoʻshni mamlakatlar – Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Turkmanistonning taʼlim muassasalari hujjatlari hissasiga toʻgʻri keldi. Aytishim kerak-ki, qoʻshni davlatlarda koʻplab oliy taʼlim muassasalari ochilgan. U yerda albatta, oʻqish arzon, oʻqish toʻlovi 300-400 dollarni tashkil etadi va shu bois bizlarni yoshlarimiz chetga oʻqishga ketyapti. Ammo ularning niyati birinchi kursdan keyin yana Oʻzbekistonga oʻqishni koʻchirish yoki tugatgandan keyin nostrifikatsiyadan oʻtish. Lekin shuni unutmaslik kerak-ki, nufuzli OTMlar bor va milliy reytingi past boʻlgan OTMlar bor. Agar yoshlarimiz bilimi past boʻlgan OTMlarda tahsil olsalar, qaytib kelganidan keyin nostrifikatsiyadan oʻtolmaydi. Chunki bilim darajasi yaxshi emas, talabga javob bermaydi", - deb tushuntirdi Tashkenbayev.

Studentom odnogo iz vuzov Karshi stal 14-letniy uzbekistanets - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Attestatsiyadan oʻta olmagan OTMlarga 1 yil muddat berildi

Uning soʻzlariga koʻra, yoshlarni sifatsiz OTMlardan qaytarish uchun Oʻzbekistonda OTMlar sonini koʻpaytirish, qamrovni oshirish darkor. Lekin qamrovni oshirish masalasida ham bir jihatni eʼtiborga olish lozim.

"Ertaga shuncha yoshlarimiz oliy maʼlumotli boʻlsa, ularga biz ish topib bera olamizmi-yoʻqmi? Ertaga shuncha oliy maʼlumotli kadrlar respublikaga kerakmi-yoʻqmi, degan masala turibdi. Bizda ertaga kim qoʻl bilan ishlaydi? OTMni tugatganlar bilasizlar, ular rahbarlik qilishlari kerak. Shu bois, bugungi kunda eʼtibor beradigan asosiy masalamiz, bu sifat boʻlishi kerak", - deya fikrini yakunladi Tashkenbayev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala