Atambayevning advokati Ramzan Qodirovni sudga chaqirishni so‘radi

© Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishGlava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov
Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning advokati Ramzan Qodirovni guvoh sifatida sudga chaqirtirish haqida iltimosnoma kiritdi.

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning advokati Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni guvoh sifatida sudga chaqirtirish haqida iltimosnoma kiritdi.

Supruga bivshego prezidenta Almazbeka Atambayeva Raisa  Atambayeva - Sputnik O‘zbekiston
Almazbek Atambayev rafiqasi va o‘g‘illari bilan uchrashdi

Bu haqda RIA Novostiga advokat Sergey Slesarev ma’lum qildi.

“Shamil Ataxanovning ko‘rsatmalari sababli biz guvoh sifatida Ramzan Qodirovni so‘roq qilinishini  iltimos qildik”, - dedi Slesarev.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Batukayev noqonuniy ozod etilishi ishi bo‘yicha aylanuvchi tariqasida bo‘lgan sobiq bosh vazir o‘rinbosari Ataxanov Qodirov Atambayevga qo‘ng‘iroq qilganini aytdi.

Ataxanov Checheniston rahbari Batukayev ozod etilishi o‘rniga sobiq davlat qo‘riqlash xizmati rahbari Janish Bakiyevni Qirg‘izistonga ekstraditsiyasi masalasidan yordam berishga va’da bergan.

Bakiyev Qirg‘izistonda ko‘plab jinoyatlar uchun sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

“Tergov bu ma’lumotlarni tekshirib chiqishi zarur. Sudda raislik qiluvchi ularning iltimosini rad etdi”, - deydi Slesarev.

Batukayevni noqonuniy ozod qilinishiga oid sud jarayoni noyabr oyi o‘rtalarida boshlangan. Sud jarayoni yopiq tarzda o‘tmoqda.

Bundan avval Atambayev sog‘lig‘i yomonligi sababli sud jarayoni bir necha marta qoldirilgan.

O‘tgan yilning oxirida sud jarayoni Pervomayskiy tuman sudidan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosiga o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi.

2006 yila Batukayev Bishkek yaqinidagi koloniyada ommaviy tartibsizliklar uyushtirishni tashkil etgani uchun 16-yil va 8 oyga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingandi. G‘alayon vaqtida deputat Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i Ikmatulla Polotov va departament ikki nafar xodimi o‘ldirildi.

2013 yilda Batukayev tibbiy komissiya xulosasiga ko‘ra qamoqdan ozod qilingandi. Unga qon saratoni tashxis qo‘yilgandi. Bir necha soatdan so‘ng u yangi pasport olib, Chechenistonga ketdi.

Tergov versiyasiga ko‘ra, Batukayevning ozod etilishiga yuqori mansabdorlar, shu jumladan sobiq prezident Atambayev aloqador bo‘lishi mumkin. Ular “jinoiy guruh manfaatlari yo‘lida korrupsiyani tashkil etish”da ayblanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0