Dunyoda

Koronavirusning “oyogʻi” Hindistonga ham yetdi

© Flickr / Peter RichmondIndiyskaya mashina skoroy pomoщi
Indiyskaya mashina  skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Xitoyda yangi turdagi koronavirusdan kasallanganlar soni 7711 kishiga yetgan. Ulardan 170 nafari vafot etgan.

TOSHKENT, 30 yanv — Sputnik. Hindistonning Kerala shtatida koronavirusning birinchi yuqish holati qayd etildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Abdulla Aripov koronavirus masalasida majlis oʻtkazdi

“Kerala shtatida Uxan universitetida tahsil olayotgan talabada yangi koronavirusdan kasallanishning birinchi holati qayd etildi”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, bemorning ahvoli barqaror va u shifokorlar nazorati ostida.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Xitoyda yangi turdagi koronavirusdan kasallanganlar soni 7711 kishiga yetgan. Ulardan 170 nafari vafot etgan. Xitoydan tashqari Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Kanada, Vyetnam, Singapur, Nepal, Frantsiya, Avstraliya, Malayziya, Finlyandiya va BAAda yuqtirish holati qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala