Dunyoda

Rossiya Uzoq Sharqdagi chegaralarini yopishga qaror qildi

© REUTERS/Carlos Garcia RawlinsVspыshka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal novыy tip koronavirusa — 2019-nCoV
Vspыshka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal novыy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya bosh vaziri koronavirus tarqalishining oldini olish chorasi sifatida Uzoq Sharqdagi chegaralarni yopish toʻgʻrisidagi farmoyishga imzo chekdi. Rossiya Uzoq Sharqda Xitoy, Yaponiya, Shimoliy Koreya va AQSH bilan chegaradoshdir.

TOSHKENT, 30 yanv — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixalil Mishustin koronavirus tarqalishining oldini olish chorasi sifatida Uzoq Sharqdagi chegaralarni yopish toʻgʻrisidagi farmoyishga imzo chekdi. Bosh vazir bu haqda hukumat yigʻilishida maʼlum qildi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.

Indiyskaya mashina  skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirusning “oyogʻi” Hindistonga ham yetdi

Qayd etilishicha, hujjat hozircha eʼlon qilinmagan. Shuningdek, batafsil maʼlumotlar keltirilmagan.

Rossiya Uzoq Sharqda Xitoy, Yaponiya, Shimoliy Koreya va AQSH bilan chegaradoshdir.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Xitoyda yangi turdagi koronavirusdan kasallanganlar soni 7711 kishiga yetgan. Ulardan 170 nafari vafot etgan. Xitoydan tashqari Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Kanada, Vyetnam, Singapur, Nepal, Frantsiya, Avstraliya, Malayziya, Finlyandiya, BAA, Hindistonda yuqtirish holati qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala