Qirg‘izistonda terrorchilik tashkiloti yollovchisi qo‘lga olindi

© AFP / VYACHESLAV OSELEDKOSotrudniki spespodrazdeleniya MVD Kirgizstana
Sotrudniki spespodrazdeleniya MVD Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘lga olingan shaxs qirg‘izistonliklar va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarining fuqarolarnini Suriyaga hukumat kuchlariga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun jo‘natishga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Qirg‘iziston maxsus xizmat xodimlari xalqaro terrorchilik tashkiloti yollovchisini qo‘lga olishdi. Bu haqda RIA Novostiga mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.

KNB Respubliki Kazaxstan v gorodax Karaganda i Taraz zaderjalo terroristicheskuyu gruppu - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda terakt uyushtirishni rejalashtirishda gumon qilingan to‘da qo‘lga olindi

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan 1985-yilda tug‘ilgan A.A. qirg‘izistonliklar va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarining fuqarolarnini Suriyaga hukumat kuchlariga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun jo‘natishga aloqadordir.

Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston JKning “Yollanish” moddasi bilan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hozirda gumonlanuvchi hibsda saqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0