Dunyoda

Koʻrshapalak, fitna yoki patogen: koronavirus kelib chiqishi haqida olimlar fikri

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishLetuchiya mыsh
Letuchiya mыsh  - Sputnik Oʻzbekiston
Toʻqqizta davlatning olimlari guruhi, ular ichida AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya va Niderlandiya, koronavirusning yangi turi sunʼiy ravishda yaratilganligi haqidagi mish-mishlarni qoralashdi.

TOSHKENT, 20 fev – Sputnik. Toʻqqizta davlat olimlari, ular ichida AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya va Niderlandiya, koronavirusning yangi turi sunʼiy ravishda yaratilganligi haqidagi mish-mishlarni va fitna nazariyasini qoralashdi.

Baxtiyer Shukurzoda, aspirant Xubeyskogo universiteta  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirus iskanjasida: Uxanda qolishni lozim deb topgan talaba hikoyasi

 “Biz COVID-19 gʻayritabiiy kelib chiqishga ekanligi toʻgʻrisidagi fitna nazariyalarini keskin qoralash uchun birlashdik.  Bir qator mamlakatlar olimlari koronavirus 2 ning oʻtkir ogʻir nafas olish sindromini (SARS-CoV-2) kasallikning qoʻzgʻatuvchi genomi nashr etdi va tahlil qildi va ularning koʻplari koronavirus koʻplab boshqa patogenlar kabi, tabiatda paydo boʻlgan degan xulosaga kelishdi”, - deyilgan olimlar murojaatida, u Lancet tibbiyot jurnalida chop etildi.

Murojaatni tibbiyot sohasida faoliyat yurituvchi 27 ta, xususan AQSH, Germaniya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Malayziya, Italiya, Avstraliya va Xitoyning taniqli olimlari imzolashdi. Xususan, Wellcome Trust Britaniya xayriya jamgʻarmasi direktori Jeremi Farrar, AQShdagi yuqumli kasalliklar milliy markazining sobiq direktori Jim Xyuz va AQSH Milliy ilmiy jamgʻarmasining sobiq rahbari Rita Koluyell imzo chekishdi.

Pangolin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Olimlar yana bir koronavirus tarqatuvchisini aniqladi

Ilgariroq, Janubiy Xitoy qishloq xoʻjaligi universiteti va Guangdundagi zamonaviy qishloq xoʻjaligi laboratoriyasida bir guruh olimlar tadqiqot oʻtkazib, pangolinlar koronavirusning yangi turiga oraliq egasi boʻlishi mumkinligini aniqlashgan. Keyinchalik, Xitoy Fan va texnologiyalar vazirligining ilmiy-texnik rivojlanish boʻlimi boshligʻi U Yuanbin koʻrshapalaklar koronavirusning asosiy manbasi degan fikr bildirgan.

2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati JSSTga mamlakatning markaziy qismida (Xubey) Uxan shahrida nomaʼlum pnevmoniya tarqalgani haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qoʻzgʻatuvchisini aniqladilar - bu yangi koronavirus. JSST bu kasallikni xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan favqulodda holat deb tan oldi va bu kasallikka rasmiy nom - COVID-19 berdi. XXRning Xubei viloyatida qurbonlar soni 2029 gacha yetdi, 10 337 kishi tuzaldi, 62 mingdan ortiq kishi kasallandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala