Dunyoda

Koronavirus Markaziy Osiyoda tarqalishi mumkinmi? Ekspert javobi

© Foto: iz lichnogo arxiva Mixaila ЩelkanovaMixail Щelkanov
Mixail Щelkanov - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus – Markaziy Osiyo chegaralarini yopish uchun yetarli asos emas, deydi rossiyalik ekspert Shelkanov. Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, virus kirib kelish jarayoni yana ikki oy davom etadi.

Rossiya Fanlar akademiyasining biologik xilma-xillik boʻyicha federal ilmiy-tadqiqot markazi virusologiya laboratoriyasi mudiri Mixail Shelkanov koronavirus Markaziy Osiyoda tarqalishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.

Na tadjiksko-afganskoy granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirus tufayli afgʻon-tojik chegarasida nazorat kuchaytirildi

Uning fikricha, virusni Xitoyning turli provintsiyalarida va boshqa mamlakatlarda yuqtirish jarayoni mutlaqo normal holat, ammo Markaziy Osiyoda epidemiologik davomiylik boʻlmasligini kafolatlash  - muammo.

“Turistlar tomonidan Rossiya hududiga epidemiologik davomi boʻlmagan bir necha yuzlab ekzotik infektsiyalar olib kelinadi”, - deydi ekspert Sputnik Tojikiston’ga.

Shelkanovning soʻzlariga koʻra, virus tarqalishi jarayoni yana ikki oy davom etadi, ammo halokatli oqibatlarga olib kelmaydi.

“Koronavirus olib kirilishi bilan bogʻliq sanoqli holatlar Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralarini yopib qoʻyilishi uchun yetarli asos sifatida koʻrib chiqilmasligi kerak”, - deydi ekspert.

Mutaxassisning batafsil izohini rus tilida quyidagi podkastda tinglashingiz mumkin.

Щelkanov: koronavirus v TSA ne budet imet katastroficheskix posledstviy
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala