Iqtisod

Oʻzbekistonning yirik davlat korxonalari isloh qilinadi

© Press-slujba "Uzbektelekom"Ofisnoye zdaniye kompanii "Uzbektelekom"
Ofisnoye zdaniye kompanii Uzbektelekom - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonda davlat ulushi boʻlgan 13 ta yirik korxonani, jumladan, “Oʻzbektelekom”, “Oʻzavtosanoat”, “Toshashahartransxizmat”, “Oʻzbekiston temir yoʻllari”ni isloh qilish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda 13 ta yirik davlat korxonasini isloh qilish rejalashtirilmoqda. Prezidentning tegishli farmoni loyihasini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi.

Taʼkidlanishicha, davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish samaradorligi yetarli darajada emasligi holatida ularning soni yuqoriligicha qolmoqda.

Razliv medi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Navoiy kon-metallurgiya kombinati zamonaviy kompaniyaga aylantiriladi

Davlat ishtirokidagi korxonalarning eksport salohiyati va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi bilan bir qatorda ishlab chiqariladigan mahsuloti (koʻrsatiladigan xizmatlari) sifati past darajada qolmoqda, energiya tejaydigan uskunalarni joriy etish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmaganligi sohaga investitsiyalarni jalb qilishga toʻsqinlik qilgan holda mahsulotning tannarxini yuqori boʻlishiga va korxonalarning raqobatbardoshligini pasayishiga olib kelmoqda.

Shu bois iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, xususiy sektor rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratish, barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar uchun teng sharoitlar yaratish orqali raqobat muhitini rivojlantirish, davlat ishtirokidagi korxonalarning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida ular isloh qilinadi.

1 mayga qadar Loyiha ofislarini tashkil qilishni nazarda tutgan holda davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash taklif etilmoqda.

Qaror loyihasiga koʻra, 2020—2021 yillarda isloh qilinishi rejalashtirilgan kompaniyalar roʻyxatiga “Oʻzbektelekom”, “Oʻzbekiston temir yoʻllari”, “Oʻzmaxsusmontajqurilish”, “Oʻzdonmahsulot”, “Oʻzbekovqatxolding”, “Oʻzavtosanoat”, “Oʻzagrosanoattexxolding”, “Oʻzagrokimyohimoya”, “Toshshahartransportxizmat”, “Oʻzpaxtasanoat”, “Oʻzagroservis”, “Oʻzkimyosanoat” va “Oʻzbekkino” kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0