Dunyoda

Dushanbeda imomlar namozxonlarga vaqtincha masjidlarga kelmaslikni tavsiya qildi

© © Sputnik / Amir IsayevPrazdnichnыy namaz na Idi Kurbon v Dushanbe
Prazdnichnыy namaz na Idi Kurbon v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Dushanbe shahrining bir nechta imom xatiblari namozxonlarga profilaktika chorasi sifatida jamoat bilan namoz oʻqish uchun masjidga kelishdan tiyilib turishni tavsiya qilishdi.

 

TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. 4 mart, chorshanba kunidan boshlab Tojikiston poytaxtida masjidlar namozxonlar uchun yopiladi.

Sputnik Tojikiston nashriga shahar masjidlariga qatnaydiganlarning ikki nafari 3 mart kuni xuftan namozi oʻqilgandan soʻng Shohmansur i Ismoil Somoniy tumanlari imom xatiblari endi ular namozlarni oʻz uylarida ado qilishlarini maʼlum qilishganini tasdiqlagan.

Prodaja meditsinskix masok v aptekax - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koronavirus: Oʻzbekistonda har bir taʼlim muassasa rahbari ogohlantirildi

Ularning soʻzlariga koʻra, mazkur buyruq hukumat tuzilmasidan fuqarolarni vaziyat haqidagi xabardor qilish uchun kelib tushgan.

“Imom xatib butun dunyo boʻylab koronavirus deb ataluvchi yuqumli kasallik tarqalayotgani va u tez odamdan odamga yuqishini aytdi.  Amaldorlar bu namozxonlar va ularning oilalari salomatligi maqsadida qabul qilingan vaqtinchalik chora ekanini aytishgan. Biroq odamlar qoʻrqmasligi kerak”, - degan suhbatdoshlardan biri.

Hozirda nashr ushbu xabar yuzasidan hukumatning rasmiy izohini olishga muvaffaq boʻlmagan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistondagi barcha oliy va oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalarida koronavirus infektsiyasiga qarshi ehtiyot choralari kuchaytirilib, tegishli cheklovlar oʻrnatildi. Barcha xalqaro tadbirlar, olimpiadalar va shu kabi boshqa tadbirlarni ham oʻtkazmaslik va ularda qatnashish uchun chet mamlakatlarga bormaslik choralarini qatʼiy koʻrish vazifalari belgilandi.

 

Yangiliklar lentasi
0