Bishkek shoshilinch tibbiy yordam markazi jonlashtirish boʻlimi boshligʻi Yegor Borisov bemorlarning tez-tez hujumlar qilishlari tufayli tez tibbiy yordam shifokorlari oʻz ishlaridan boʻshab ketishayotganliklarini maʼlum qildi.
Uning fikricha, bunday holatlar kadrlar etishmasligini yanada kuchaytiradi.
“Mening fikrimcha, bizning jamiyatimiz muammolarini aks ettiradigan holat shundaki, tuni bilan spirtli ichimlik ichib ertalab ishga ketish uchun oʻzlarini tartibga solmoqchi boʻlgan qizlarning chaqiruviga ayol-vrach kelgani. Ular shifokordan ularga tomiridan tomchi dori quyilishini talab qilishdi. Vrach esa oʻz navbatida bu tez tibbiy yordam xizmati maʼsuliyatiga kirmasligini tushuntirdi, chunki ularning hayoti va sogʻligʻi uchun hech qanday xavf yoʻq. Ularga bu yoqmagan va uch qiz yoshi oʻzidan ikki baravar katta shifokorni doʻpposlashdi. Shifokor moʻʼjizaviy tarzda xonadondan chiqib ketishga muvaffaq boʻldi, qoʻshnilar uni uylarida yashirishdi va militsiyani chaqirishdi”, - deya hikoya qildi Borisov Sputnik radiosi efirida.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda ham bu muammo hanuz dolzarbdir. Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekistonning turli joylarida shifokorlarga hujum qilish, ularni doʻpposlash hollari tez-tez uchrab turibdi. Masalan, yaqinda Fargʻonada janjalkash ona-bola doʻpposlagan hamshira ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan edi. Natijada ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.