Analitika

“Tolibon” Kobulga keskin talab qoʻydi: SHHT davlatlari qanday javob beradi?

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovUcheniya SHOS "Mirnaya missiya"
Ucheniya SHOS Mirnaya missiya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Fevralda AQSH va “Tolibon”* harakati bilan tinchlik bitimi imzolangandan soʻng (bu BMT va ODKBning rasmiy pozitsiyasi) Afgʻonistonda tinchlik koʻpaymadi.

Dadillangan toliblar rasmiy Kobuldan oʻzlarining besh ming aʼzolarini qamoqdan ozod qilishni qatʼiy talab qoʻydi va viloyatlarda hukumat qoʻshinlarini siqib chiqarishni davom etmoqda.

Viktor Mixaylov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Ekspert “Tolibon” bilan kelishuvdagi Oʻzbekiston uchun xavflar toʻgʻrisida gapirdi

Eng katta hujumlar Sari-Pul, Balx, Gʻaznida qayd etilgan. 2 martda “Tolibon” Afgʻonistonning markaziy Vardak viloyatida oʻzlarining aʼzolari bilan mahbuslarni almashish uchun 55 kishini garovga oldi. Shu kuni Xost viloyatidagi portlash oqibatida 3 kishi halok boʻldi, 11 kishi yaralandi.

Shu asosda, Shanxay Hamkorlik Tashkilotining “Tinchlik missiyasi 2020” sakkiz mamlakatining keng koʻlamli aksilterror mashqlarini oʻtkazish rejalari mantiqqa toʻgʻri keladi.

Bunday mashgʻulotlar ikki yilda bir marta (2002 yildan beri) oʻtkazib kelinadi va ilk bor Sibir hududida oʻtkaziladi.

SHHTga aʼzo davlatlar - Rossiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Xitoy, Pokiston va Hindistonning qoʻshma qoʻshinlari “Yurginskiy” poligonida aksilterror amaliyotining vazifalarini bajaradi.

Yevroosiyo ogohlantiruvi

Avgust oyida SHHTning sakkizta davlatidan oʻn mingdan ortiq qoʻshinlar “Tinchlik missiyasi 2020” terrorizmga qarshi mashqlarida ishtirok etishadi, reja hozirgacha kelishib olinmoqda, ammo asosiy bosqichlarini oldindan aytish mumkin.

Prognoz qilish uchun yetarlicha oʻxshashliklar va tendentsiyalar mavjud, chunki birinchi marta Rossiya Federatsiyasi hududida 2007 yil avgust oyida Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston va Xitoyning qoʻshinlari va vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan.

Vstrecha delegatsii MID Uzbekistana s predstavitelyami Taliban v Doxe - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tolibon Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishda Oʻzbekiston harakatlarini qayd etdi

Chelyabinsk viloyatida boʻlib oʻtgan "Tinchlik missiyasi - 2018" mashqlari ham yaxshi ishora. Birlashmaning ishtirokchilari soni, hamjihatligi va samaradorligi yil sayin ortib bormoqda.

Ehtimol, shartli ravishda uyushgan va qurollangan terrorchilar "aytilmagan mamlakat"da yana bir "shaharni" (garovga olinganlar, hukumat organlari, strategik obʼyektlar) egallab oladilar.

Ozod qilishning murakkab amaliyotini koʻp millatli va SHHT qoʻshinlarining yagona rejali guruhiga amal qilgan holda (quruqlikda va havoda hamkorlik) muvaffaqiyatli amalga oshirishdi.

Sakkizta davlatning harbiy vakillarining oʻzaro hamkorligi oddiy ish emas, “Yurginskiy” oʻquv poligonida, suv toʻsigʻini yengib oʻtish joyi oldindan oʻrganish ishlari (rekognostsirovka) olib borildi.

Mashq boʻyicha muzokaralar yakunlanmoqda. Rossiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Xitoy, Pokiston va Hindiston may oyida yakuniy bitimni imzolashadi.

Ha, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti - avvalam bor, iqtisodiy va siyosiy ittifoqdir. SHHTning harbiy yoʻnalishi zaruriy chora, “Tinchlik missiyasi” mashqlari – bu xalqaro terrorchilarga yevrosiyo ogohlantiruvi hisoblanadi.

Davr talabi

“Tinchlik missiyasi”dan tashqari, bu yil Rossiya qoʻshinlari Qirgʻiziston va Belarus hududida ODKBning bir nechta oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etadilar, Oʻzbekistonda esa ikki davlat kuchishlatar boʻlinmalari maxsus taktik mashqlarini oʻtkazadilar.

Eslatib oʻtaman, Rossiya Federatsiyasining Markaziy harbiy okrugi Markaziy Osiyoning strategik yoʻnalishini qamrab oladi, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda xorijiy obʼyektlar va harbiy bazalarni oʻz ichiga oladi. Markaziy harbiy qoʻmondonlikning jangovar tayyorgarligi tobora kuchayib bormoqda va Panj qirgʻoqlarigacha boʻlgan hududni qamrab oladi.

Voyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Nega Afgʻoniston AQSH uchun qopqonga aylandi?

Tojikiston togʻlarida oʻtkazilgan mashqlardagi maxsus vazifalarni bajarish uchun 2 martda 201-chi Rossiya harbiy bazasining vertolyot uchuvchilari Liaur oʻquv poligoniga taktik desant qoʻshinlarini olib keldi. Himoyani Mi-24 hujum vertolyotlari taʼminladi. Mashgʻulotlarda qatnashgan zirhli mashinalar pozitsion kurashni va yopiq pozitsiyalarda tank olishuvini oʻtkazdilar. Jami mashqlarda 500 dan ortiq harbiy xizmatchi va 200 ta harbiy texnika jalb qilindi.

Qoʻshinlarning malakasi va texnik jihozlanishi eng murakkab vazifalarni hal qilishga imkon beradi.

Markaziy harbiy okrugi kuch toʻplashni davom etmoqda va 2020 yilda 850 donadan ortiq yangi qurol va harbiy texnika, shu jumladan S-400 “Triumf” zenit-raketa tizimining toʻrtta toʻplami va S-350 “Vityaz” havo mudofaa tizimiga ega boʻladi.

Qirgʻizistondagi Kant aviabazasi yangi “Forpost” va “Orlan-10” uchuvchisiz uchish apparatlarini oʻzlashtirmoqda. Qurolli kuchlarni qayta qurollantirish va jangovar tayyorgarlikni oshirish - davr talabi.

Koʻplab qoʻshni davlatlar singari, Rossiya AQSH va "Tolibon" oʻrtasida Afgʻonistondan xorijiy qoʻshinlarni olib chiqish toʻgʻrisida bitim imzolanishini qoʻllab-quvvatlaydi. Ammo, amerikaliklar bilan qoʻl berib koʻrishgan toliblar “Al-Qoidaning "yaqin qarindoshi" va Markaziy Osiyo mintaqasiga jiddiy tahdid soluvchi terrorchilar boʻlishni toʻxtatmaydi.

"Tolibon" radikal islomiy tashkiloti BMT va Rossiya Federatsiyasi (2003 yilda), ODBKning boshqa mamlakatlari (2009 yilda) tomonidan rasman terroristik tashkilot sifatida tan olinganidan beri hech narsa ijobiy tomonga tubdan oʻzgarmadi.

BMTning maʼlumotiga koʻra, hozirgi kunda Afgʻoniston hududi va aholisining yarmidan koʻpini nazorat qilayotgan "Tolibon" safida 70 mingga yaqin jangari bor.

"Tolibon davlati" hisobida - oʻrta asr vahshiyligini oʻrnatish, tinch aholi va qadimiy madaniy yodgorliklarni yoʻq qilishning yigirma yili bor. Shu sababli SHHT davlatlari mudofaa sohasidagi hamkorlik darajasini yanada oshirish niyatida.

Terrorchilikka qarshi kurash suriyalik tajribani hisobga olgan holda, Rossiya bu yerda yetakchi rol oʻynamoqda.

* Rossiyada va boshqa bir qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Yangiliklar lentasi
0