Dunyoda

Aleppoda jangarilar tashlab ketgan yirik oʻq-dori ombori aniqlandi

© Sputnik / Mikhail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishRazrushennыy rayon siriyskogo Aleppo
Razrushennыy rayon siriyskogo Aleppo - Sputnik Oʻzbekiston
Omborda NATO mamlakatlari foydalanadigan “Stinger” zenit-raketa koʻchma majmuasiga oʻxshaydigan namuna alohida eʼtiborni jalb qilgan.

TOSHKENT, 5 mar — Sputnik. Suriya harbiylari Karf-Jum shahridan (Aleppo provintsiyasi) uzoq boʻlmagan joyda yirik oʻq-dori omborini aniqlashdi. Omborda Gʻarb mamlakatlarida ishlab chiqarilgan qurollar ham boʻlgan. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, oʻq-dori omborini jangarilar chekinish vaqtida tashlab ketishgan.

Situatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Idlibda jangarilar oʻz kimyoviy qurolini qoʻllashda zaharlandi

“Jibhat an-Nusra”* terrorchi guruhiga tegishli boʻlgan omborda granatamyot, minomyot, artilleriya toʻplari, qurol ehtiyot qismlari aniqlangan. Oʻq-dorilarning koʻp namunalari ingliz, turk va boshqa tillardagi markirovkaga ega.

NATO mamlakatlari foydalanadigan  “Stinger” zenit-raketa koʻchma majmuasiga oʻxshaydigan namuna alohida eʼtiborni jalb qilgan.

“Hoynahoy, bu “Stinger”, “Stinger”ga juda oʻxshaydi”, - dedi jurnalistlarga omborni koʻzdan kechirgan harbiylardan biri.

Topilgan butun oʻq-dori keyinchalik jangarilarga qoʻliga qayerdan bunday qurol tushganini aniqlash maqsadida hujjatlashtirilgan

Jangovar harakatlarga qadar ombor oʻrnida tikuvchilik korxonasi boʻlgan. U yerda tinch aholi gazmol va ip ishlab chiqarish bilan shugʻullangan.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala