Dunyoda

Putin va Erdogʻan muzokaralarining dastlabki tafsilotlari maʼlum boʻldi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaMoskovskix Kreml
Moskovskix Kreml  - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Toyyib Erdogʻan uch soatdan ortiq yuzma-yuz suhbatlashdi.

TOSHKENT, 5 mar – Sputnik. Vladimir Putin va Toyyib Erdogʻan uch soatdan ortiq yuzma-yuz suhbatlashdi, dedi Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Prezident Turtsii Tayip Erdogan beseduyet s prezidentom Rossii Vladimirom Putinыm, vstrecha v Kremle. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin va Erdogʻan yakkama-yakka muzokarasi ikki soat davom etmoqda

U hozirgi paytda prezidentlar delegatsiya aʼzolari ishtirokida muzokara oʻtkazmoqdalar, deb qoʻshimcha qildi.

Ikki davlat rahbarlari muzokaralaridagi asosiy masala Suriyaning Idlib shahridagi vaziyatning keskinlashishi boʻldi. Rossiya va Turkiya prezidentlarining Kremldagi uchrashuvi Moskva vaqti bilan 14.06 da boshlandi.

Rossiya prezidenti muzokaralar boshlanishidan oldin bunday holat takrorlanmasligi, tomonlar Rossiya-Turkiya munosabatlarini qadrlanishi, ularni buzilmasligi uchun vaziyatni turkiyalik hamkasbi bilan "muhokama qilish" zarurligini taʼkidladi.

Oʻz navbatida Erdogʻan muzokaralar natijalari Idlibdagi vaziyatni normallashtirishga yordam berishiga ishonch bildirdi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala