Analitika

Shifokor vegetarianlar uchun xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan kasallik haqida ogohlantirdi

Avitaminoz - yangi sabzavot va mevalardan bosh tortadiganlar uchungina muammo sanalmaydi. Sputnik radiosiga bergan intervyusida allergolog-immunolog Vladimir Bolibok ushbu dardga vegetarian-parhez saqlash orqali ham chalinish mumkinligini aytdi.

Doʻkonlarda har qanday taʼmli va choʻntakka maqbul mahsulotlar koʻplab mavjud boʻlishiga qaramay, bugungi kunda baʼzi odamlar vitamin yetishmasligi (avitaminoz) kabi hozirgi kunda oʻziga hos ekzotik hisoblangan muammoga duch kelishmoqda.

Bu qanday roʻy berishi mumkin?

Allergolog-immunolog Vladimir Bolibok Sputnik radiosida bergan intervyusida, xavf ostida boʻlganlar tananing ehtiyojlarini hisobga olmasdan oʻzboshimchalik bilan ovqat isteʼmol qilishni cheklaydiganlardir. Ajablanarlisi shundaki, ular orasida ovqatlanishga katta eʼtibor beruvchi odamlar - vegetarianlar bor.

Devushka v posteli. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xavfli boʻlishi mumkin: nevrolog xurrak otishning salbiy oqibatlari haqida

"Rossiyada vegetarianizm madaniyati rivojlanmagan. Boshqa mamlakatlarda boʻlgani kabi, bizda ham vegetarianlarni ovqatlanish ratsioni bilan toʻliq taʼminlaydigan agrosanoat tarmogʻi yoʻq. Shu sababli, hayvonlardan olinadigan vitaminlar va minerallar yetishmovchiligi paydo boʻlishi mumkin. Shunday holatlar uchrab turadiki, qizlar ortiqcha vazn yoʻqotish istagida turli vegetarian yoki past kaloriyali diyetalarga oʻtiradilar va buning natijasida muammolarga duch keladilar. Tahlillar kamqonlikkacha olib keladigan defitsitlarni koʻrsatmoqda", - deydi shifokor.

Ushbu muammoni hal qilish juda oson. Vladimir Bolibok parhezshunos bilan maslahatlashishni tavsiya etadi: mutaxassis mahsulotlarni toʻgʻri tanlashda yordam beradi.

Shifokor maslahati yildan-yilga bir xil mahsulotlarni isteʼmol qiladigan "anʼanaviy oziq-ovqatchilar"ga ham zarar yetkazmaydi.

"Oilalarimizda muammo bor - odamlar har kuni, har hafta, oydan oyga, yildan-yilga bir xil turdagi mahsulotlarni isteʼmol qilib kelmoqda. Bu mahsulotlarda nimadir kam, nimadir ortiqcha. Agarda siz vaqti-vaqti bilan oʻz ratsioningizni oʻzgartirib, biron bir yangi narsani tanovul qilsangiz, u holda doʻkon javonlarida mavjud boʻlgan mahsulotlar xilma-xilligi tanadagi vitaminlar yoki minerallarning aniq yetishmovchiligini bartaraf qilinishini taʼminlaydi", - deya tushuntiradi shifokor.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala