JSST vakillari Oʻzbekistonga koronavirusga qarshi profilaktikada yordam bermoqda

© REUTERS / Antara FotoMediki oprыskivayut indoneziyskix grajdan antiseptikom posle pribыtiya iz kitayskogo Uxanya, tsentra epidemii koronavirusa
Mediki oprыskivayut indoneziyskix grajdan antiseptikom posle pribыtiya iz kitayskogo Uxanya, tsentra epidemii koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Ayni damda Oʻzbekistonda boʻlib turgan vakillar koronavirusga qarshi olib borilayotgan choralar va profilaktik tadbirlar ekspertizasini oʻtkazishmoqda.

TOSHKENT, 9 mar - Sputnik. JSSTning vakillari ayni damda Oʻzbekiston sanitariya-karantin punktlaridagi nazorat va profilaktik tadbirlarni tashkil qilish, davolash muassasalari xavfsizligini taʼminlash hamda laboratoriyalar salohiyatini mustahkamlash borasida oʻz texnik tavsiyalarini berishmoqda.

Spetsialistы ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda koronavirus tufayli xalqaro sport tadbirlari vaqtincha cheklanadi

Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi maʼlum qildi.

Xususan, JSSTning koronavirusga tayyorgarlik boʻyicha yetakchi konsultanti Ute Enderleynning fikriga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasini chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish, epidemiologik nazoratni kuchaytirish borasidagi ishlar halqaro talablar asosida amalga oshirilmoqda.

Favqulodda holatlarga tayyorgarlik koʻrish dasturi masʼul xodimi Jetri Regmi favqulodda vaziyatlarda koʻriladigan choralar boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashmoqda.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda “COVID-19” infektsiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida davlat chegaralaridagi sanitariya-karantin punktlarida yetarli ehtiyot choralari koʻrilgan boʻlib, u yerda 250 nafardan ziyod yuqori malakali sanitariya-epidemiologiya xizmati masʼullari faoliyat yuritishmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi huzurida esa 24 soat davomida uzluksiz faoliyat koʻrsatuvchi maxsus shtab tashkil qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala