Qozog‘iston imomlarning masjidlardagi va’zlarini nazoratga olmoqchi

© Sputnik / Anatoliy UstinenkoAlmati
Almati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jambil viloyati hokimi din ishlari bo‘yicha boshqarma ishlarini tanqid qilib, qishloq imomlarining tayyorgarlik darajasi yetarli ekanligiga shubha bildirgan

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Qozog‘istonning Jambil viloyati hokimi Berdibek Saparbayev imomlar bilan uchrashdi va viloyatdagi din bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi. Viloyat ma’muriyati rahbari ibodat qiluvchilarga ularning asosiy vazifasi qozoq xalqining birligini mustahkamlashga hissa qo‘shish ekanligini eslatdi. Sputnik Qozog‘iston xabari asosida.

Mimbár—kafedra ili tribuna v sobornoy mecheti, s kotoroy imam chitayet patnichnuyu propoved - Sputnik O‘zbekiston
Bahs-munozaraga sababchi bo‘lgan toshkentlik imom ma’ruzasi yuzasidan bayonot berildi

Saparbayevga ko‘ra, hozirgi paytda Jambil viloyatida 350 dan ortiq diniy birlashmalar faoliyat ko‘rsatmoqda, ularning aksariyati xususiy mablag‘lar hisobiga qurilgan masjidlardir, deyiladi viloyat hokimligi saytida berilgan xabarda.

Shu bilan birga, viloyat rahbari masjidlarda va’z o‘qiydigan imomlarning ma’lumoti darajasi va tayyorgarligi ko‘plab savollarni keltirib chiqayotganini qayd etdi.

"Imomlarning tayyorgarlik darajasi, chet eldan keladigan diniy adabiyotlarning mazmuni savollarni yuzaga keltirmoqda. Jambil viloyatining atigi beshdan bir qismi oliy ma’lumotga ega, biroq ular aytadigan so‘z dindorlar uchun katta ahamiyatga ega", - deyiladi xabarda.

Bu juda muhim, chunki bugungi kunda viloyatda dindorlar soni oshib bormoqda. Agar ilgarilari juma namozlariga keladiganlar soni 35 ming nafarga yaqin bo‘lgan bo‘lsa, oxirgi vaqtlarda ular soni 37 mingdan oshib ketdi. Ularning aksariyatini yoshlar tashkil etadi.

Prazdnichniy namaz na Idi Kurbon v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Dushanbeda imomlar namozxonlarga vaqtincha masjidlarga kelmaslikni tavsiya qildi

Saparbayev din ishlari bo‘yicha boshqarma rahbaridan aholi orasida o‘tkazilayotgan ishlarni kuchaytirishni talab qilgan.

"Boshqarma qishloq masjidlarida imomlar nima haqda va’z o‘qiyotganlarini nazorat qilmaydi, diniy yetakchilar fikrlarini o‘rganmaydi. Davlat axborot siyosati doirasida ishlar juda sust olib borilmoqda", - degan u.

Jambil viloyati hokimi shuningdek, "eng yaxshi amal kamtarlik" ekanligini eslatib, diniy marosimlarni o‘tkazishda dabdabaga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan.

Bundan tashqari, Saparbayev masjidda aytilgan har bir so‘z qozoq jamiyatida tinchlik va hotirjamlikni saqlashga qaratilgan bo‘lishi lozimligini unutmaslik kerakligini alohida ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0