Siyosat

Oʻzbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosi havzasida GES qurish masalasini muhokama qilmoqda

© Sputnik / Igor Ageyenko / Fotobankka oʻtishStroitelstvo GES
Stroitelstvo GES - Sputnik Oʻzbekiston
Qurilgan gidroelektrostantsiyalar faqat Oʻzbekiston ehtiyojlari uchun 1400 mln kVt.s  ekologik sof elektr energiya ishlab chiqaradi. 

TOSHKENT, 13 mar - Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosi havzasida GES qurish, uni ekspluatatsiya qilish tartibi va ulushbay ishtirok etish shartlari toʻgʻrisidagi Hukumatlararo Bitim loyihasini muhokama qilishda davom etmoqda.

Stroitelstvo gidroelektrostantsii - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda 16 ta yangi mini GES quriladi va 4 ta GES modernizatsiya qilinadi

Oʻzbekiston – Tojikiston ishchi guruhining navbatdagi yigʻilishi mart oyida Dushanbe shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Tojikistonda Zarafshon daryosida umumiy quvvati 320 MVt ga teng ikkita GES qurish masalasini oʻrganib chiqish Oʻzbekiston prezidenti va Tojikiston prezidentining 2018 yil avgust oyida imzolangan Qoʻshma bayonotida koʻzda tutilgan.

Gidroelektrstantsiyalarni bosqichma bosqich qurish rejalashtirilgan: avvaliga qiymati 282 mln doll. ga teng, quvvati 140 MVt  tashkil etuvchi hamda 700-800 mln kVt-saot elektroenergiya  ishlab chiqaruvchi Yovon GESi qurilishi koʻzda tutilmoqda.

Navbatdagi bosqichda tomonlar Fandaryoda qiymati 270 mln doll. ga teng, quvvati  135 MVt ni tashkil etuvchi hamda  500-600 mln kVt-soat  elektroenergiya ishlab chiqaruvchi GES qurilishi moʻljallangan.

Stroitelstvo gidroelektrostantsii - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda 16 ta yangi mini GES quriladi va 4 ta GES modernizatsiya qilinadi

Loyihani moliyalash xalqaro moliyaviy tashkilotlarning qarz va grant mablagʻlari, shuningdek  tomonlarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Qurilgan gidroelektrostantsiyalar faqat Oʻzbekiston ehtiyojlari uchun 1400 mln kVt.s  ekologik sof elektr energiya ishlab chiqaradi.  

Shuningdek loyiha yagona energo tizimni qoʻllab-quvvatlashga hamda GES ni birga qurish va ulardan foydalanish jarayonida qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratishga, shuningdek elektr energiyani teng asosda Oʻzbekiston va Tojikistonga yoʻnaltirishga koʻmaklashadi.

Plotina GES na reke - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston va Tojikiston hamkorlikda Zarafshon daryosida GES quradi

Ilk bor Tojikiston tomonidan taqdim qilingan Zarafshon daryosida GES qurilishida ulushbay ishtirok etish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitim loyihasi 2019 yil 24 aprelda Oʻzbekistonning manfaatdor vazirliklari va idoralari vakillaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqildi.

2020 yil 28-29 yanvar kunlari  Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi Zarafshon daryosi havzasida GES qurish va uni ekspluatatsiya qilish tartibi va ulushbay ishtirok etish shartlari toʻgʻrisidagi Hukumatlararo Bitim loyihasini muhokama qilish boʻyicha Oʻzbekiston – Tojikiston ishchi guruhining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Qoʻshma ishchi guruhning navbatdagi majlisida investitsiyalarni himoya qilish va xatarlar darajasiga taʼsir etuvchi Oʻzbekiston tomonidan kiritilgan oʻzgarishlar, bahsli masalalarni koʻrib chiqish mexanizmi, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini Oʻzbekiston tomonidan xarid qilish tartibi va boshqalar muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala