Oʻzbekistonda barcha kuch va vositalar koronavirusga qarshi jalb qilingan 

© Uzbekskiye avialiniiSpetsialistы ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta
Spetsialistы ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi oʻzbekistonliklarga vahima qilmasdan, koronavirus infektsiyasidan saqlanishga toʻliq rioya qilishlarini soʻradi.

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusning tarqalishi va uning oldini olishga qaratilgan barcha kuch va vositalar jalb qilingan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining axborot xizmati maʼlum qilmoqda.

Tsvetnoye izobrajeniye koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirusni davolashda xavf tugʻdiradigan dorilar qaysiligi aytildi

Taʼkidlanishicha, ayni damda sohaning malakali mutaxassislari tomonidan mamlakatdagi vaziyat toʻliq nazoratga olingan. "Vatandoshlarimizdan xotirjamlik saqlab, vahima qilmasdan koronavirus infektsiyasidan saqlanish boʻyicha berib borilayotgan tavsiyalarga toʻliq rioya qilishlarini soʻrab qolamiz. Ishonchimiz komilki, ushbu sinovli damlar butun oʻzbek xalqini yanada birlashtirishga xizmat qiladi" – deyiladi agentlik xabarida.

Avvalroq Oʻzbekistonda yana ikki bola va bir kishida koronavirus infektsiyasi tasdiqlanganligi haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala