Siyosat

AQSH Turkiyaga Suriyaga qarshi yordam berishga tayyor, faqat u S-400ni "yoʻqotishi" kerak

© Sputnik / Sergey Malgavko / Fotobankka oʻtishZenitnыy raketnыy kompleks S-400 "Triumf"
Zenitnыy raketnыy kompleks S-400 Triumf - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Umid qilamizki, turklar... Anqara markazida turgan HHM tizimini olib tashlaydilar", - degan AQSH vakili

TOSHKENT, 1 apr - Sputnik. AQSH Turkiyaga Suriyaga qarshi yordam berishga tayyor, faqat u avvaliga Rossiyadan xarid qilgan S-400 havodan hujum mudofaasi tizimini "yoʻqotishi" kerak. Bu haqda telefon orqali oʻtkazilgan brifingda AQShning NATOdagi doimiy vakili Key Beyli Xatchison maʼlum qilgan.

Trassa M5 Damask-Aleppo v rayone poseleniya Maaret-Numan provintsii Idlib v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya va Turkiya Idlib boʻyicha koʻplab masalalar yuzasidan kelishuvga erishdi

Idlibda nimalar sodir boʻldi >>>

"Biz, Turki Rossiya koʻmagida koʻplab turk askarlari oʻldirilishiga sabab boʻlgan Suriya tajovuzkorligiga qarshilik koʻrsata oladi, deb umid qilamiz. Biz Turkiyaga yordam paketini toʻplay olamiz, deb umid qilamiz. Biz umid qilamizki, Turkiya oʻz davlatida Rossiya havodan hujum mudofaa tizimini joylamaydi - u biz unga suriya tajovuzkorligiga qarshi turish uchun taqdim eta oladigan salohiyatni ushlab turibdi", - deb bayonot qildi Xatchison.
"Umid qilamizki, turklar... Anqara markazida turgan HHM tizimini olib tashlaydilar", - deb qoʻshimcha qildi u.

Eslatib oʻtamiz, Moskvada 5 mart kuni Suriyaning Idlib provintsiyasida ziddiyat kuchayishi munosabati bilan Rossiya va Turkiya prezidentlari muzokaralari boʻlib oʻtgan edi. Uchrashuv yakuniga koʻra, qoʻshma hujjat qabul qilindi.

Suriyadagi Idlib provintsiyasining Sarakeb tumanidagi turk zarba kuchlari hujumga uchradi suriya armiyasining harbiy texnikasi - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyat – hujum oqibatlari

Tomonlar "Ostona formati" tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar va oʻt ochishni toʻxtatish haqida eʼlon qildilar.

Tomonlar muhim ahamiyatga ega boʻlgan va hozirda jangarilar nazoratida boʻlgan M4 trassasini birgalikda patrul qishiga kelishdilar.

Idlibdagi vaziyat 27 fevralda "Hayat Tahrir ash-Shom"* terrorchilari Suriya hukumat kuchlariga qarshi keng koʻlamli hujumni boshlagach, keskinlashgan edi. Asad armiyasi javob oʻti ochdi. Shu qatorda bu yerda boʻlmasligi kerak boʻlgan turklar ham bombardimonga uchradi.

Natijada 36 nafar turk askari halok boʻldi, 30 dan ortiq odam jarohat oldi. Shundan soʻng Rossiya tomoni darhol Suriya kuchlari tomonidan oʻt otishni toʻliq toʻxtatish choralarini koʻrdi va halok boʻlganlar va yaradorlarni Turkiyaga xavfsiz evakuatsiya qilinishi taʼminlandi. Mudofaa vazirligi Rossiya aviatsiyasidan ushbu hududda foydalanilmaganligini taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0