Jamiyat

Koronavirusga chalinganlarning 4 nafari ogʻir ahvolda - Nurmat Otabekov

© Minzdrav UzbekistanaVыzdoroveli yeщe chetvero zabolevshix koronavirusom
Vыzdoroveli yeщe chetvero zabolevshix koronavirusom - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirusga chalingan bemorlar soni 221 nafarga yetdi, ulardan 25 nafari sogʻaygan, ammo 4 nafari ahvol ogʻirligicha qolmoqda.

TOSHKENT, 3 mar - Sputnik. Oʻzbekistonda qayd etilgan koronavirusga chalingan bemorlarning 4 nafari ogʻir ahvolda, bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boshligʻi Nurmat Atabekov maʼlum qilgan.

Vыzdoroveli yeщe chetvero zabolevshix koronavirusom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda yana 13 kishi koronavirusdan butunlay sogʻaydi

"Koronavirusga chalingan bemorlarning 17 nafarida pnevmaniya belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli ogʻir, ikki nafari esa nisbatan ogʻir deb baholanmoqda. Vaziyat murakkablashib borayotganini hali toʻliq anglab yetmadik, chamasi. Haligacha karantin talablarini buzayotgan, bemaqsad koʻchalarda kezib yurish, tibbiyot xodimlarining tavsiyalariga amal qilmaslik holatlari uchrab turibdi", - degan Otabekov.

Shuningdek, kasallik alomatlari kuzatilsada, beparvolik bilan qarab, oʻz vaqtida shifokorlarga murojaat qilmay, ahvoli ogʻirlashgandan keyin shifoxonaga murojaat qilayotganlar ham bor, deb qoʻshimcha qilgan u.

Eslatib oʻtamiz, bugun Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasini yuqtirgan kishilar soni 221 nafarga yetdi.

Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi koronavirus infektsiyasi -  COVID-19 tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi. 3 aprel soat 09.30 holatiga dunyoning 204 davlatida jami 1 015 877 nafar bemorlarda koronavirus infektsiyasi aniqlangan. Ulardan 212 992 nafari sogʻaygan, 53 217 nafari vafot etgan, 37 654 nafar bemorlar ogʻir ahvolda qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala