Jamiyat

Toshkent koronavirusga qarshi kurashda Xitoy politsiyasi tajribasini oʻrganadi

Xitoy Jamoat xavfsizligi vazirligining rasmiy vakili koronavirus pandemiyasini toʻxtatishga qaratilgan bir qator tavsiya berdi.

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Toshkent shahar IIBBda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash boʻyicha Xitoy politsiyasining tajribasi muhokama qilindi.

IIBB matbuot xizmati xabariga koʻra, idora rahbariyatining tashabbusi bilan huquqni muhofaza qilish idorasi boshligʻining Xitoy Jamoat xavfsizligi vazirligining rasmiy vakili Lyu Tunpin bilan uchrashuvi boʻlib oʻtgan.

V Tashkente sozdanы spetsialnыe nablyudatelnыe postы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda maxsus nazorat maskanlari tashkil etildi

Uchrashuv davomida Xitoy delegatsiyasi vakillari kasallikning tarqalishiga qarshi tashkil etilgan tadbirlarga jalb qilingan Jamoat xavfsizligi vazirligi, idoralar va jamoat tashkilotlarining harakatlar rejasini bayon qilib berishdi.

“XXR delegatsiyasi vakillari tomonidan pandemiyaga qarshi kurash tajribasidan kelib chiqqan holda choralar samarasini oshirishga va koronavirus pandemiyasini toʻxtatishga qaratilgan bir qator tavsiyalar berildi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda maxsus nazorat maskanlari tashkil etilgani xabar qilingan edi. Bu bilan karantin sharoitida mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning oʻta zarurat yuzaga kelgandagina koʻchaga chiqishlarini va niqob taqmasdan harakatlanmasliklarini toʻliq nazorat ostiga olinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala