Analitika

Buyuk neft sulhi: bundan keyin nima boʻladi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Mediabankka oʻtishZasedaniye stran-uchastnits soglasheniya o sokraщenii dobыchi nefti OPEK+
Zasedaniye stran-uchastnits soglasheniya o sokraщenii dobыchi nefti OPEK+ - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
OPEK, Rossiya va AQSH kelishuvi koronavirus tufayli chuqur jarlikka qulashi muqarrar neft bozorini mutlaq inqirozdan saqlab qolishga qaratilgan.

OPEK sammitida ishlab chiqarishni qisqartirish toʻgʻrisidagi kelishuv koronavirus tufayli neftga boʻlgan talabning pasayishini qoplay olmaydi, demak uning narxlarning koʻtarilishiga taʼsir qilish qobiliyati ham cheklangan boʻladi. Biroq, ushbu kelishuvsiz neft bozorlaridagi ahvol bundan ham battar boʻlar edi. 

Iqtisod
Bloomberg Rossiyaning neft urushidagi asosiy kuzirini aytdi

Amerikaning nufuzli Goldman Sachs bankiga tayangan Britaniyaning The Guardian nashri "koronavirus inqirozi aprel va may oylarida talabni kuniga 19 million barrelga kamaytiradi", shuning uchun, agar "ertaga ishlab chiqarishni qisqartirishga kelishib olinsa ham, u saqlash omborlari hajmi toʻladigan kelgusi haftalarda narxlarning pasayishini oldini olish uchun hali ham juda past va juda kechikkan boʻlib qoladi", deb yozmoqda.

Taʼkidlash joizki, amerikalik bankirlarning baholari nisbatan optimistik edi: ular yuqoridagi hisob-kitoblarni ishlab chiqarishni 15 million barrelga qisqartirishga va qattiq karantin choralari atigi 19 million barrel talabni "kesib tashlaydi" degan taxminga asoslanib qildilar, boshqa hisob-kitoblarga koʻra esa, gap 20-25 million barrel borasida ham ketishi mumkin.

OPEK+ bitimi, oʻzining koʻlamliligi va yangiliklarda egallagan mavqeʼidan qatʼi nazar, nafaqat neft eksport qiluvchi mamlakatlarning bugungi narxlari va byudjet daromadlarini qoʻllab-quvvatlash, balki kelajakka qaratilgan, yaʼni epidemiya yakunlanganidan keyingi iqtisodiy tiklanish davriga muljallangan juda murakkab murosa.

Prezident Kitaya Si Tszinpin na voyennom parade v chest 70-letiya obrazovaniya KNR v Pekine  - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Xitoy Rossiyaga neft urushida yordam beradi

Ushbu "kelajakka qarash"ni OPEK+ doirasida kelishilgan bozorlarning sust munosabati va G20sammitida qoʻllab-quvvatlanadigan chora-tadbirlarning tezkor samaradorligiga nisbatan oʻrtacha taxminlarni tushuntirishi mumkin: "Reja (OPEK+) narxlarning keyingi pasayishini oldini olish uchun yetarli boʻlishi mumkin, ammo ularni oʻsishiga undash uchun yetarli emas", - dedi IHS Markit energetika bozorlari boʻyicha tahlilchisi Marshall Stivz. Uning Amerikaning MarketWatch moliyaviy nashri tomonidan nashr etilgan tahliliga koʻra, ushbu bitim muvaffaqiyatsizlikka uchramaydi, ammo barcha muammolarga "panatseya" ham emas.

OPEK bitimining koʻlami kelgusi haftalar yoki oylarga emas, balki kelajakka qaratilganligiga virtual sammit tugaganidan keyin rasmiy bayonotning asosiy moddasi dalolat boʻladi.

"Uchrashuv qatnashchilari 2020 yil 1-maydan boshlab, 2020 yil 30-iyunda yakunlanadigan dastlabki ikki oy davomida, jami neft qazib olishni kuniga 10,0 million barrelga kamaytirish toʻgʻrisida kelishib oldilar. Keyingi olti oy ichida 2020 yil 1 iyuldan 2020 yil 31 dekabrgacha umumiy kelishilgan qisqartirish kuniga 8,0 million barrelni tashkil etadi, undan keyin 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 30 aprelgacha 16 oy davomida kuniga 6,0 million barrel miqdorida qisqartirilish joriy etiladi.

Tuzatishlarni hisoblash uchun dastlabki koʻrsatkich 2018 yil oktyabr oyidagi koʻrsatkichdir, kuniga 11,0 million barrel bazaviy darajadagi neft ishlab chiqarishgan Saudiya Arabistoni Qirolligi va Rossiya Federatsiyasi bundan mustasno. Kelishuv 2022 yil 30 aprelgacha amal qiladi, ammo uning uzaytirilishi 2021 yil dekabrda koʻrib chiqiladi".

Vstrecha prezidenta Rossii Vladimira Putina i prezidenta SSHA Donalda Trampa - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp Putinga neft qazib olishni kamaytirganligi uchun minnatdorchilik bildirdi

Ular neft bozori ishtirokchilari ular neft qazib oluvchilarni qisqa muddatli muammolardan halos qilishga qaratilgan "favqulodda pasayish"ga duch kelmaganliklariga ishontirilmayaptilar, aksincha neft bozorida uzoq muddatli defitsitni yaratishga qaratilganlikda. Ammo defitsit isteʼmol darajasi epidemiyadan oldin boʻlgan darajaga yetganidan keyingina "faollashadi".

Shuni taʼkidlash kerakki, bitim baribir buzilishi mumkin, chunki OPEK+ning printsipial pozitsiyasi shundaki, hech kim neftning porloq kelajagiga "bepul chipta" ololmaydi. Aynan shu sababli sammitning yakuniy rezolyutsiyasida butun ishlab chiqarishni qisqartirish Meksika (bitimni qoʻllab-quvvatlamagan yagona mamlakat) kuniga 400 ming barrel neft qazib olishni qisqartirishga imzo chekkan taqdirdagina kuchga kiradi. Bu aynan printsipial masaladir, chunki agar bironta hatto yirik boʻlmagan neft ishlab chiqaruvchi bitimdan ozod etilsa, u parchalanib ketadi: Saudiya Arabistoni va Rossiya birgalikda jahon neft qazib olishning 20 foizidan koʻprogʻini nazorat qiladilar va barcha «qisqartirilish»ga yolgʻiz oʻzlari dosh berolmaydilar va hatto ishlab chiqarishning zarur pasayishini AQSH bilan boʻlishsa ham, baribir jahon ishlab chiqarishining faqat uchdan bir qismini "qisqartirishga" toʻgʻri kelayotgani ayon boʻladi.

Buni aksariyat neft eksport qiluvchi mamlakatlar, shu jumladan ichki siyosiy nuqtai nazaridan OPEK+ bitimini rasmiy ravishda imzolashga yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan davlatlar ham tushunishadi. Masalan, Reyter agentligi Osloning neft bitimidagi pozitsiyasi haqida xabar beradi: "Gʻarbiy Yevropaning eng yirik neft ishlab chiqaruvchisi boʻlgan Norvegiya shanba kuni, mamlakat hali ham neftni qisqartirish haqida oʻylamoqda, garchi OPEK+ oʻz rejasini amalga oshiradigan boʻlsa ham, deb bayonot berdi. "Uchrashuvda men neft qazib olishni qisqartirish boʻyicha OPEK+ davlatlari oʻrtasida kelishuvga erishilgan taqdirdagina Norvegiya neft qazib olishni bir tomonlama qisqartirish masalasini koʻrib chiqadi dedim", - deb bayonot berdi (neft va energetika vaziri) Bru honim.

Meksika OPEK+ bitimini sabotaj qilishi mumkin, chunki bu mamlakat neft eksport qiluvchilar orasida oʻziga xos xususiyatga ega: har yili (va bu maʼlum xarajatlarni talab qiladi) Meksika moliyaviy bozorlarda yillik neft eksportini "sugʻurta qiladi" va shuning uchun narxlarning epidemiya va narxlar urushi bilan bogʻliq yil ohirigacha boʻlgan konyukturasini eʼtiborsiz qoldirishi mumkin.

Prezident SSHA Donald Tramp i naslednыy prints Saudovskoy Aravii Muxammed ben Salman vo vremya vstrechi v Belom dome v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Rossiya, OPEK + AQSH - neft bozorida yangi kelishuv boʻladimi?

Ammo Mexiko kelishuvning amalga oshirilishidan juda manfaatdor boʻlgan Donald Trampni inkor qila olmaydi. Bundan tashqari, BBC taʼkidlaganidek, AQSH prezidenti neft qazib olishning kamayishi tufayli janubiy qoʻshniga yetkaziladigan moliyaviy zararlarni vaqtincha oʻz zimmasiga olishga tayyor (va bu kamdan-kam uchraydigan holat): "AQSH Prezidenti Donald Tramp "Meksikaga yordam berishni" taklif qilganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, AQSH neft qazib olishni kamaytiradi va Meksika esa buni keyinroq "qoplab beradi". Shuningdek, u kelishuv qabul qilinishiga ishonchi komil emasligini aytdi. "Biz buning ustidan ish olib bormoqdamiz. Oʻylaymanki, oxir-oqibat hamma narsa muvaffaqiyatli yakunlanadi", - dedi u".

OPEK + bitimi, shuningdek, Oq uy tomonidan bildirilgan "Meksika taklifi" Meksika rahbariyati uchun ham, OPEK+ qolgan aʼzolari uchun ham nomaqbul deb topilgan taqdirda barham topishi mumkin.

Pastux na osle yedet mimo neftyanogo mestorojdeniya v Sirii na granitse s Turtsiyey - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Bozorni birgalikda qutqaramiz: AQSH neft qazib olishni qisqartirmoqda

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, AQShning OPEK+ rasmiy bitimida ishtirok etmasligi Amerika slanets kompaniyalariga yordam bermaydi, chunki OPEK+ tomonidan ishlab chiqarishni qisqartirish hajmi narxlarni butunlay katastrofik pasayishdan saqlaydigan tarzda tanlangan, ammo ularni Amerika slanets kompaniyalari bankrot boʻladigan darajada qoldirilishini nazarda tutadi. AQSH Energetika vaziri Den Bruyett juma kuni tan olganidek: "Hisob-kitoblarimizga koʻra, bu yil oxiriga kelib AQShda qazib olish kuniga ikki million barrelga kamayadi. Baʼzi modellar bundan ham taʼsirli raqamlarni koʻrsatmoqda, masalan, kuniga uch million barrelgacha".

Ehtimol, amerikaliklar ushbu pasayish OPEK+ kelishuvi sababli emas, balki "bozor" tomonidan amalga oshirilganligi haqidagi homhayoldan taskin topadi, ammo buning oqibatlari oʻzgarmaydi. Biroq, umuman olganda, neft narxlarining keyingi evolyutsiyasi hozirgi epidemiya bilan kurashayotganlarning qoʻlida: u qanchalik tez tugasa, narxlar shuncha tez tiklanadi, garchi Meksika rahbariyatining oʻjarligi ham rol oʻynashi mumkin. Ammo OPEK + formatidagi yirik neft alyansi vakillari qilishlari mumkin boʻlgan ishlari endi amalga oshib boʻldi va erishilgan natijani endi dunyo neft diplomatiyasining katta yutugʻi deb hisoblash mumkin.

Yangiliklar lentasi
0