Jamiyat

DXA karantinda nikohdan oʻtishga qanday ariza berish mumkinligini maʼlum qildi

© AFP / Franck FifeVyetnamskiye turistы v svadebnыx naryadax v Parije
Vyetnamskiye turistы v svadebnыx naryadax v Parije  - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda soʻnggi paytlarda karantin davrida nikohni qanday qilib qayd etish mumkin, degan savollar koʻpaygan.

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Davlat xizmatlar agentligi karantin davrida nikohni qanday qilib qayd etish mumkin degan savol javob berdi.

Svadebnыy buket - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentdagi toʻy videosi qizgʻin muhokamaga sabab boʻldi – IIBB tafsilotlarni oʻrgandi

“Demak, “ZAGSdan oʻtish uchun” arizalarni masofadan turib yuborish imkoni mavjud. Buning uchun quyidagi havoladan foydalanishingiz mumkin. Eʼtibor bering, ushbu xizmatdan onlayn tarzda foydalanish uchun ikkala tomon ham elektron raqamli imzo olishi shart”, - deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, kelin yoki kuyov yuqorida aytib oʻtilgan havoladan oʻtib, ariza toʻldirishi kerak. Xizmat uchun toʻlov mavjud emas

Ariza toʻldirilganidan soʻng ikkala tomon ham arizasini oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlashi shart. Soʻng ariza belgilangan hududiy FHDYO boʻlimiga kelib tushadi. Ariza 1 ish kunida qabul qilinadi.

Karantin tadbirlari nihoyasiga yetganidan soʻng, nikohlanuvchilar chaqiriladi va tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanma topshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader