Jamiyat

Sirdaryoda kichik GES qurilishi boshlandi

© Informatsionnaya slujba AO "Uzbekgidroenergo"Na Sardobinskom vodoxraniliщe v Sыrdarinskoy oblasti nachalos stroitelstvo maloy gidroelektrostantsii
Na Sardobinskom vodoxraniliщe v Sыrdarinskoy oblasti nachalos stroitelstvo maloy gidroelektrostantsii - Sputnik Oʻzbekiston
Sardoba suv ombori qoshida kichik GES qurilishi boshlandi. Loyihaning umumiy qiymati 21,3 mln yevroni tashkil qiladi.

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori qoshida kichik GES qurilishi boshlandi.

Stroitelstvo GES - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosi havzasida GES qurish masalasini muhokama qilmoqda

GESni qurilishi poydevori uchun birinchi gʻisht qoʻyildi. Qurilish ishlariga tamal toshi qoʻyishda viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev va “Oʻzbekgidroenergo” AJ kapital qurilish boshqarmasi boshligʻi Mahammad Ataxanov hamda qurilish tashkiloti “To`palang HPD irrigation systems” unitar korxonasi rahbari va quruvchilari ishtirok etdi.

Sardoba suv ombori 2017 yilda Janubiy Mirzachoʻl kanalining markaziy tarmogʻi oqib oʻtgan hududda barpo etilgan boʻlib, suv omborining hajmi 930 mln m3 ni tashkil etadi. Suv omborining balandligi 28,8 metr.

“Sardoba suv omborida kichik GES qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish 2020-2022 yillarga moʻljallangan boʻlib, umumiy qiymati 21,3 mln yevroni tashkil qiladi.

Investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgan. Loyiha Rossiya Federatsiyasining “Roseksimbanki” tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri  horijiy kreditlar hisobiga moliyalashtirilishi rejalashtirilgan.

Stroitelstvo gidroelektrostantsii - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda 16 ta yangi mini GES quriladi va 4 ta GES modernizatsiya qilinadi

Rossiya tomonidan bosh pudratchi sifatida “Silovыe mashinы – ZTL, LMZ, Elektrosila, Energomasheksport” kompaniyasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilib, 19,2 mln yevro ekvivalentiga teng shartnoma imzolangan.

Shuningdek, 3,7 mln yevro ekvivalentidagi oʻz mablagʻlari bilan “Oʻzbekgidroenergo” AJ ishtirok etadi.

GESning oʻrnatilgan umumiy quvvati 10,7 MVt. GESda 5,35 MVtgdan iborat ikkita gidroagregat oʻrnatilishi rejalashtirilgan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 41,1 kVt.soatga teng.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala