Jamiyat

Oʻzbekistonda oltinchi bemor koronavirusdan vafot etdi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishKatalka
Katalka - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirus aniqlangan Namangan shahrida yashovchi 73 yoshli bemor yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik.  Oʻzbekistonda koronavirusdan yana bir bemor vafot etdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Shu yilning 14  aprel kuni Namangan shahrida yashovchi SH. viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining  reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan edi. Zudlik bilan oʻtkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan soʻng bemorda "Covid-19" koronavirus infektsiyasi ham aniqlangan.

Sotrudnik laboratorii upakovыvayet biomaterial, sobrannыy dlya analiza na koronavirus - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yana 30 nafar fuqaroda koronavirus tasdiqlandi

73 yoshli (erkak) ushbu bemorning shu kungacha kunlik ahvoli ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari mutaxassislari nazoratida boʻlgan.

Oʻtkazgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Oʻzbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 6 kishini tashkil qilmoqda.

Bugun Oʻzbekistonning turli hududlarida, xususan, Andijonda 8, Fargʻonada 5, Buxoroda 15, Namanganda 20, Xorazmda esa 4 nafar, jami 52 bemor butkul sogʻaydi. Umumiy hisobda 313 kishi ushbu kasallikni yenggan. Kasallanganlarning umumiy soni esa 1657 kishini tashkil etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala