Rossiya koronavirus holati bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi

© Sputnik / Evgeny Odinokov  / Mediabankka o‘tishAvtomobil kommunalnix slujb dezinfitsiruyet dorogi i trotuari u Krasnoy ploshadi v Moskve
Avtomobil kommunalnix slujb dezinfitsiruyet dorogi i trotuari u Krasnoy ploshadi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 87 mingdan oshib ketdi. Bu Xitoyga qaraganda 3 mingdan ortiq.

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiyada so‘nggi bir kunda 6198 ta yangi koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat tezkor shtabi xabar qildi.

Avtomobilniy kompleks aerozolnoy dezinfeksii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada 900ga yaqin harbiylar koronavirusga chalindi  

Qayd etilishicha, koronavirus Rossiyaning 84 ta mintaqasida aniqlangan. So‘nggi sutkadagi eng ko‘p bemor Moskvada (2871) aniqlangan. Moskva jami 45 351 ta koronavirus yuqtirib olish holati aniqlangan va bu boshqa mintaqalarga qaraganda rekord.

Rossiyada bugunga qadar jami 87 147 ta koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlangan. Koronavirus epidemiyasi boshlangan Xitoyda bu ko‘rsatgich 83 912 tani tashkil etadi. Rossiyada kasallanganlardan 7346 nafari tuzalib ketgan, 794 nafari esa vafot etgan..

Yangiliklar lentasi
0