Artikxodjayev boshqaruvida poytaxt qiyofasi qanchalik o‘zgardi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVesna v Tashkente
Vesna v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aprel oyida Jahongir Artikxodjayev hokim etib tayinlanganiga ikki yil to‘ldi. Shu munosabat bilan poytaxt hokimligi matbuot xizmati so‘nggi ikki yilda amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berdi.

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi joriy yilda poytaxtda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar hamda so‘nggi yillarda aholi bilan aloqalarni yaxshilash, ularning muammolarini o‘rganish va imkon darajasida yordam berish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan tizimli ishlar borasida ma’lumot berdi.

Bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari

Joriy yilda poytaxtning Bektemir, Yashnobod, Olmazor va Shayxontohur tumanlarida 330 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotlari quriladi. Ushbu tumanlar va ulardagi hududlarning bolalar bog‘chasiga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, yangi MTTlar Betemir tumanining “Majnuntol”, Yashnobod tumanining “Olmos”, Olmazor tumanining “Ahil” hamda Shayxontohur tumanining “O‘zbekiston” mahallalarida barpo qilinadi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNoviy detskiy sad otkrili v Sergeliyskom rayone Tashkenta.
Artikxodjayev boshqaruvida poytaxt qiyofasi qanchalik o‘zgardi - Sputnik O‘zbekiston
Noviy detskiy sad otkrili v Sergeliyskom rayone Tashkenta.

Shuningdek, Betemir tumanining “Majnuntol” va Yashnobod tumanining “Olmos” mahallarida 1280 o‘rinli zamonaviy maktablar ham bunyod etilib, ushbu hududlarning ta’lim maskaniga bo‘lgan ehtiyoji qanoatlantiriladi.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov2 marta v Sergeliyskom rayone goroda Tashkenta proshla seremoniya otkritiya 2 novix obsheobrazovatelnix shkol
Artikxodjayev boshqaruvida poytaxt qiyofasi qanchalik o‘zgardi - Sputnik O‘zbekiston
2 marta v Sergeliyskom rayone goroda Tashkenta proshla seremoniya otkritiya 2 novix obsheobrazovatelnix shkol

Ushbu yangi maktablarni jihozlash uchun 400 000 ta badiiy adabiyotlar, 2500 ta kompyuter jamg‘armasi, 4000 ta o‘qituvchi stol va stuli, 30 000 ta o‘quvchi partasi va 4000 ta sinf doskasi va boshqa vositalar ta’minoti amalga oshiriladi.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov330 shkola
Artikxodjayev boshqaruvida poytaxt qiyofasi qanchalik o‘zgardi - Sputnik O‘zbekiston
330 shkola

2020 yilda Toshkentdagi 2 ta oilaviy poliklinika qayta quriladi va Sergelida ko‘p tarmoqli shifoxona bunyod etiladi.

Joriy yilda Sergeli tumanining Do‘stlik-2 mavzesida 200 o‘rinli ko‘p tarmoqli shifoxona barpo etiladi. Mazkur shifoxona bir yilda 53 000 aholiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

Shuningdek, Yashnobod va Chilonzor tumanlaridagi 28- va 33- oilaviy poliklinikalar zamonaviy talablar asosida yangidan quriladi.

Yashnobod tumanida qaytadan barpo etilishi rejalashtirilgan 28-OPga 33700 aholi biriktirilgan va u 13 ta mahallaga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Bu yerga bir yilda o‘rtacha 243 451 ta qatnov amalga oshiriladi.

Veloprokat v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Poytaxtda “Bike Sharihg” veloprokat tizimi joriy etiladi

Chilonzor tumanidagi 33-oilaviy poliklinikaga 27800 aholi biriktirilgan bo‘lib, 5 ta mahallaga xizmat ko‘rsatadi. Bu maskanga bir yilda o‘rtacha aholi tomonidan 97380 ta qatnov amalga oshiriladi.

2020 yilda ham Toshkent shahridagi kanallarni ta’mirlash va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari davom ettiriladi.

Bu yo‘nalishdagi ishlar davomida kanallarning qirg‘oq qismi mustahkamlanadi, qirg‘oqbo‘yi mintaqasiga muhofaza panjaralari, yoritgichlar, o‘rindiqlar o‘rnatiladi. Piyodalar uchun yo‘laklar hamda sayilgohlar tashkil etiladi. Joriy yilda Toshkentda 27 km uzunlikdagi 4 ta ko‘cha, 1,047 ming kv.metr maydon ta’mirlanadi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIzobilie razlichnix fontanov na territorii Tashkent-Siti
Artikxodjayev boshqaruvida poytaxt qiyofasi qanchalik o‘zgardi - Sputnik O‘zbekiston
Izobilie razlichnix fontanov na territorii Tashkent-Siti

Shu bilan birga Toshkent shahridagi markaziy ko‘chalar va ichki yo‘llarni ta’mirlash rejasi ham ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, umumiy uzunligi 165.76 km (1027,72 ming kv.metr maydon) bo‘lgan 402 ta ko‘cha joriy ta’mirlanadi. Shundan, umumiy uzunligi 35.42 km bo‘lgan (maydoni 219.63 ming kv. metr) 152 ta markaziy ko‘chalar ta’mirlanadi

Aholi dardi hamisha diqqat markazda

Furkat Maxmudxodjayev  - Sputnik O‘zbekiston
Ortiqxo‘jayev matbuot xizmati rahbari: bilaman, yangi joyda oson bo‘lmaydi

Hokimlik bilan aholi o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash, tobora odamlarga yaqinlashish, ularni muammolarini o‘rganish va imkon darajasida yordam berish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, shahar hokimi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, tuman hokimlari va ularning o‘rinbosalari ishtirokida muntazam ravishda sayyor qabullar o‘tkazilib, ularda aholi murojaatlari tinglanadi, o‘rganiladi, hal qilish uchun tegishli boshqama va bo‘limlarga topshiriq beriladi yoki qaysidir murojaatni hal qilish imkoni bo‘lmasa uning sabablari tushuntiriladi.

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida “E’tiroz va takliflar” deb nomlangan alohida guruh ham tashkil etilgan bo‘lib, bu yerga internet tarmog‘i foydalanuvchilari o‘zlarining muammolarini, bahsli vaziyatlarni, hokimiyat vakillari bilan bog‘liq tushunmovchiliklar va hokazolarni yozishlari mumkin.

Shuningdek, hokim va yoshlar o‘rtasida ham muntazam uchrashuvlar o‘tkaziladi hamda ularda yoshlarning qiziqishi, muammolari, takliflari va mulohazalari o‘rganiladi.

Bundan tashqari tadbirkorlarning loyihalari muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuvlar hamda muntazam ravishda oyda kamida 2-marta OAV vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. Ularga shahardagi yangilanish va o‘zgarishlar haqida ma’lumot berib, fikr almashiladi.

Yangiliklar lentasi
0