Analitika

AQSH tinch atomda urush chiqarmoqchi

© AP Photo / Dmitry LovetskyKonteynerы s nizkoobogaщennыm uranom dlya ispolzovaniya v kachestve topliva dlya yadernыx reaktorov v portu v Sankt-Peterburge
Konteynerы s nizkoobogaщennыm uranom dlya ispolzovaniya v kachestve topliva dlya yadernыx reaktorov v portu v Sankt-Peterburge - Sputnik Oʻzbekiston
Vashington xalqaro atom energiyasi bozorida yetakchi boʻlish uchun Rossiyani ushbu sohadan siqib chiqarish strategiyasini ishlab chiqdi. U birdaniga toʻrt yoʻnalishda harakat qilmoqchi.

TOSHKENT, 29 apr - Sputnik, Maksim Rubchenko. Vashington xalqaro atom energiyasi bozorida yetakchi boʻlish uchun Rossiyani ushbu sohadan siqib chiqarish strategiyasini ishlab chiqdi. Ular birdaniga toʻrt yoʻnalishda harakat qilishmoqchi. RIA Novosti materialida aynan qanday choralar koʻzda tutilgan va ushbu rejalarni amalga oshirilishi qanchalik haqiqatga yaqin.

S podvodnogo kreysera Yuriy Dolgorukiy zapustili chetыre raketы Bulava po poligonu Kura - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH kam quvvatli atom zaryadlarini suv osti kemalariga oʻrnata boshladi

Ruslar kelmoqda

"Soʻnggi bir necha oʻn yilliklar davomida AQShning yadro energetikasidagi sanoat bazasining pasayishi milliy manfaatlar va milliy xavfsizlikka xavf ostiga qoʻydi", - deydi AQSH Energetika vaziri Den Bruyett.

Uning vazirligi tomonidan tayyorlangan hujjatda, hukumat chet elda uranni boyitishga boʻlgan qaramligini tugatishni va Rossiyaning davlat kompaniyalari ustunlik qiladigan bozorlarga chiqishni rejalashtirayotgani taʼkidlangan.

"Rossiya reaktorlar boʻyicha 133 milliard dollarlik tashqi buyurtmalarga ega boʻlgan holda dunyo boʻylab iqtisodiy va tashqi siyosiy taʼsirini kuchaytirmoqda. Moskva 19 mamlakatda 50 dan ortiq reaktor qurilishini moliyalashtirmoqchi", - deb taʼkidlaydi hujjat mualliflari.

Bomboubejiщe - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Atom bombadan yashirinish joyining ichi qanaqa

Keyingi oʻn yil ichida jahon atom reaktorlari bozori 500-740 milliard dollarga baholanmoqda, yaʼni juda katta mablagʻlar tikilgan.

Energetika vazirligi toʻrt yoʻnalishda harakat qilishni taklif qilmoqda.

Birinchisi "uran qazib olish va qayta ishlash quvvatini oshirish va butun yadro yoqilgʻisi tsiklini tiklash". 2021 yil byudjetida AQShda qazib olingan uranni sotib olish va yadro materiallari davlat zaxirasini shakllantirish uchun 150 million dollar mablagʻ ajratilishi kerak.

Vakolatlar yetishmaydi

Boshqa ikkita yoʻnalish - "yangi avlod yadroviy texnologiyalarida AQSH yetakchiligini kuchaytirish uchun Amerika texnologik yangiliklari va investitsiyalaridan foydalanish" va "atom energiyasini qazib oluvchi kompaniyalar, yoqilgʻi tsikli ishtirokchilari va reaktorlarni yetkazib beruvchilarning jadal rivojlanishini taʼminlash".

Glava agentstva Uzatom Jurabek Mirzamaxmudov  - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Respublika ilk atom stantsiyasining yakuniy qiymati aniqlashtirilmoqda

Noaniq tushuncha va atamalar Rossiyadan yadroviy sohadagi texnologik qoloqlikni bartaraf etish nolga yaqin ekanligi haqidagi haqiqatni yashirish uchun moʻljallangan. Oʻz vaqtida bunga Rosatom katta hissa qoʻshdi.

80-yillarning oʻzidayoq Amerika yadro sanoati muammolarga duch keldi. Tarixan shunday boʻlganki, AQShda uran samarasiz va qimmat gaz-diffuz texnologiyasidan foydalangan holda boyitilgan, SSSRda esa elektr energiyasi 50 baravar kam sarflanadigan tsentrifugalarda.

Shu sababli, Sovuq urush tugashi bilanoq, amerikaliklar 12 baravar arzonroq boʻlgan Rossiyaning boyitilgan uraniga oʻtdilar. 1987 yilda sovet "Texsnabeksportom" tomonidan boshlangan eksport doimiy ravishda oʻsib bordi.

Sovetlarning kam boyitilgan uranining ortiqchasi tezda tugadi, ammo Sovet atom qurollari arsenalining qisqartirilishi natijasida Rossiyada demontajlangan yadro qurolidan chiqarib olingan 500 tonna keraksiz jangovar (yuqori darajada boyitilgan) uran vujudga keldi. Uni "suyultirib", Amerikaning atom elektr stantsiyalari uchun yoqilgʻiga aylantirish gʻoyasi paydo boʻldi.

Maket AES  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev atom energiyasidan foydalanish toʻgʻrisida qonunni imzoladi

1994 yilda Rossiya va AQSH besh yuz tonna jangovar uranni elektr stantsiyalari uchun yoqilgʻiga aylantirish toʻgʻrisida shartnoma imzoladilar (talluqli texnologiya Ural elektrokimyoviy kombinat mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan). 2013 yilda yangi shartnoma imzolandi – bu safar Rossiyada Amerika uranini boyitish boʻyicha.

Lekin, yuridik qiyinchilik tugʻildi: AQShdan Rossiyaga tabiiy uran yetkazib berish Amerika qonunlari bilan taqiqlangan. Vashingtonlik amaldorlar yorqin yechimni topdilar: ular Rosatom tomonidan Avstraliya, Kanada,  Qozogʻiston, JAR, Tanzaniyada konlarni ishlab chiqaruvchi Kanadaning Uranium One kompaniyasini sotib olinishini tashkil etdilar.

Natijada, Rosatom nafaqat cheklovlarni chetlab oʻtib, AQSH bilan savdo qilish kanalini, balki ulkan xom ashyo bazasini ham qoʻlga kiritdi.

Generalnыy direktor gosudarstvennoy korporatsii po atomnoy energii Rosatom Aleksey Lixachev - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Lixachyov: xalqaro atom loyihalar Oʻzbekiston iqtisodiyoti rivojlanishiga qoʻshimcha impuls beradi

Bundan tashqari, bir necha oʻn yillar davomida "Texsnabeksport" Amerika atom stantsiyalarining uranni boyitish xizmatlariga boʻlgan ehtiyojining asosiy qismini taʼminlaganligi bilan bir qatorda amerikaliklar deyarli tegishli vakolatlarini ham yoʻqotdilar. Va Westinghouse korporatsiyasi reaktorlar uchun yoqilgʻi zaxiralarini yoki URENCO Britaniya-Germaniya-Gollandiya kontsernidan sotib olingan Yevropa urani bilan, yoki "Texsnabeksport" tomonidan yetkazib beriladigan Rossiya hom-ashyosi bilan toʻldirishga majbur.

Shubhasiz, yadro yoqilgʻisi bilan toʻliq oʻz-oʻzini taʼminlashga oʻtish uchun davlatlar koʻp vaqt va mablagʻ sarflashlari, koʻp muammolarni hal qilishlari kerak, shu jumladan nafaqat texnik muammolarni.

Ulardan biri, masalan, uran qazib olish - ekologik toza boʻlmagan, juda katta miqdorda zaharli kimyoviy moddalardan foydalanadigan ishlab chiqarishdir. Shunday qilib, Energetika vazirligining rejalarini amalga oshirish, albatta, aholi va yashil harakatlar noroziliklariga duch keladi.

Qimmat "ozodlik atomi"

Shu sababli, Amerika strategiyasining asosiy yoʻnalishi - "tinch atom texnologiyalari eksportiga" umumdavlat yondoshuvni" amalga oshirilishini taʼminlaydigan toʻrtinchisi. Oddiy qilib aytganda, Vashington oʻz yadroviy reaktorlarini bugungi kunda suyultirilgan gazni oʻtkazayotgan usullar kabi - Rossiya bilan hamkorlik qilishga qaror qilgan davlatlar va kompaniyalarga nisbatan diplomatik bosim va sanktsiyalar orqali ilgari surmoqchi.

Adolf Gitler - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Gitler nima uchun atom bombasini yarata olmadi

Bu yerda, gaz sohasida boʻlgani kabi, amerikaliklar oʻzining ishonchli vassallari - Polsha va Ukrainaga ikkilanmasdan ishonishlari mumkin. Kiyev va Varshava allaqachon STG uchun koʻp yillik shartnomalar tuzgan va Vashingtonga atom energiyasini ham osongina berib qoʻyadi.

Amerikaning yoqilgʻi uskunalari allaqachon Janubiy Ukraina va Zaporojye AESlarida joylashtirilgan, oʻtgan yilning sentyabr oyida esa Ukrainaning "Energoatom" kompaniyasi  Westinghouse bilan boshqa atom stantsiyalari boʻyicha memorandum imzoladi.

Kuzda Polsha kelgusi oʻn yillikda oltita yadroviy reaktorni qurish istagini bildirdi va aynan amerikaliklar bu buyurtmalarni olishlariga shubha qilmasa ham boʻladi.

Rovenskaya atomnaya elektrostantsiya v Kuznetsovske. - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Dunyo atom elektr stantsiyalari – falokatlar, oʻtmish va hozirgi holat

Bundan tashqari, siyosiy taziyqdan foydalanib, Vashington Saudiya Arabistonida atom elektr stantsiyasini qurish toʻgʻrisida buyurtmani olishiga erishishi mumkin. Ar-Riyod tender oʻtkazmoqda va uning ikki turi natijalari boʻyicha Rosatom yetakchilik qilmoqda. Ehtimol, aynan shu narsa Amerikani shoshilinch ravishda yadro sohasida Rossiyani ushlab turish muammosiga eʼtiborini qaratishga undadi.

Siyosiy bosimsiz AQShda yangi strategiyasini amalga oshirish imkoniyati yoʻq, chunki Rosatom har jihatdan raqobatda kuchli. Bunga Ukrainaning misolida amin boʻlish qiyin emas.

Importgenius xalqaro eksport-import saytidan olingan maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan yili Westinghouse AES uchun yoqilgʻi moslamalarini Energoatomga har bir donasi 996 ming dollardan sotdi. Shu paytning oʻzida, Rosatom Xmelnitskiy AESga moslamalarni 675 mingdan yetkazib berdi - bu deyarli uchdan bir qismga arzonroq.

Maket AES - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Senati tinch atom toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi

Shu bilan birga, Westinghouse yetkazib beradigan uranning boyitilishi koʻrsatkichi 3,48-3,82%, TVELda esa - 3.99-4.38%, yaʼni Rossiyada yigʻilgan moslamalar ancha kuchliroq ham. Hatto Gʻarb mutaxassislari ham "Rosatom"ning ustunligini tan olishadi.

"Rossiyaning yadro texnologiyalari haqida gap ketganda, ular eng ishonchli va sinahta, - deb taʼkidlaydi Buyuk Britaniya Parlamentining Energiya va iqlim oʻzgarishi boʻyicha maxsus Qoʻmitasi raisi Tim Yeo. – Shu bilan birga,rossiyaliklar yetkazib berish zanjirini mahalliylashtirish imkoniyatlarini ham ilgari surmoqda, shuningdek, xodimlar va operatorlar uchun toʻliq oʻrgatish dasturini ham taqdim qilmoqda. Boshqa taʼminotchilar bunday xizmatlar paketini taklif qila olmaydi".

Vashington pul ishlashni xohlaganida, bunday "mayda-chuyda narsalarga" kim ham eʼtibor qiladi, sodiq yoʻldoshlar esa, Moskvani gʻazablantirish yoʻlida, har qanday zararlarga tayyor.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala