AQSh kam quvvatli atom zaradlarini suv osti kemalariga o‘rnata boshladi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishS podvodnogo kreysera "Yuriy Dolgorukiy" zapustili chetire raketi "Bulava" po poligonu Kura
S podvodnogo kreysera Yuriy Dolgorukiy zapustili chetire raketi Bulava po poligonu Kura - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh 2019-yil oxirida “Tennesi” suv osti kemasidagi strategik raketalardan bir nechasiga yangi kam quvvatli W76-2 atom zaradini o‘rnatdi.

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. AQSh suv osti kemalarini kam quvvatli atom zaradlarini o‘rnatilgan Trident ballistik raketalari bilan jihozlay boshladi. RIA Novosti  Amerika olimlar federatsiyasi (FAS) xabariga asosan.

B61-12 atom bombasi - Sputnik O‘zbekiston
AQSh atom bombalarni Turkiyadan Ruminiyaga olib chiqmoqda

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ana shunday raketalar bilan qurollangan "Tennessi" suv osti kemasi 2019-yil oxirida Jorjiya harbiy bazasidan Atlantik okeaniga chiqqan.

Kam quvvatli atom zaradlarini yaratilayotgani haqida Donald Tramp 2018-yil boshida xabar qilgan edi. Uning fikriga ko‘ra kam quvvatli taktik atom quroli Rossiyani “ushlab turishga” xizmat qiladi.

FAS xabariga ko‘ra, “Tennesi” suv osti kemasida 20ta raketa mavjud bo‘lib, ulardan bir-ikkitasi  yangi kam quvvatli atom zaradi W76-2 nomli boyegolovka bilan jihozlangan. Ushbu “jangovar kallalari”dan har biri 5 kilottonna quvvatga ega. Tennesi kemasidagi qolgan zaradlar odatiy strategik atom quroli bo‘lib ularning  quvvati 90 kilotonnadan. Har bir raketada ana shunday boyegolovkalardan 8tagacha bo‘lishi mumkin, deb yozadi olimlar.

Politolog Gevorg Mirzayan - Sputnik O‘zbekiston
AQSh ham Eron ham qizil chiziqni kesib o‘tishdi - ekspert

Amerikalik harbiylar ta’kidlashiga ko‘ra, bunday raketalar “AQShning hududiy ushlab turish quvvatini oshiradi hamda odatiy strategik qurollar muvaffaqiyatsizlikka uchraganda, foydalanish imkonini beradi”.  

FAS mutaxassilari aytishiga qaraganda bugungi kunda AQShda 1 mingtaga yaqin kam quvvatli atom zaradga ega bo‘lgan raketalar mavjud. Ular B-52 bombardimonchi samolyotlaridagi qanotli raketalar va aviabombalarga o‘rnatilgan.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Rossiya so‘nggi yillarda o‘z havo himoyasini kuchaytirgan va o‘z hududiga bombardimonchi samolyotlar kirib kelishidan yaxshi himoyalangan. Bu ham kam quvvatli atom zaradlari suv osti kemalariga o‘rnatilishining yana bir sababi bo‘lishi mumkin.

“Bularning barchasi “sovuq urush” davrlarini eslatadi. O‘shanda ham har qanday kam quvvatli atom raketasini dushman tomonni “ushlab turish” uchun “yashin tezligida” foydalanish mumkin, deb oqlashga harakat qilishar edi. Endi bo‘lsa yangi W76-2 AQShga yanada samaraliroq “ushlab turish” chorasi, deb baholashmoqda Amerika olimlari federatsiyasi.

B-52, AQSh o‘ta uzoq masofaga uchuvchi og‘ir bombardimonchi samolyoti Afg‘oniston osmonida, 2006-yil - Sputnik O‘zbekiston
AQSh O‘zbekistonga 10ta atom bomba tashlashni rejalashtirgan

Lekin masalaning bir tomoni bor – Trident raketasi suv osti kemasidan uchirilganda uning ballistik yoki taktik atom zaradiga ega ekanligini bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun Rossiyaga qarshi kam quvvatli atom zaradlarini ishlatib bo‘lmaydi, deb yozadi FAS mutaxassislari.

Amerikalik mutaxassilar fikriga ko‘ra kam quvvatli atom zaradlarini KXDR yoki Eronga qarshi ham ishlatish mumkin. Undan tashqari AQShning yadroviy strategiyasida “AQShning yadroviy yoki noyadroviy strategik hujumlarga qarshi imkoniyatlarini kengaytirish kerak”, deyilgan. Bu AQShga birinchi bo‘lib yadroviy zarba berish imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0