Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqini Gʻalabaning 75 yilligi bilan tabrikladi

© Press-slujbaShavkat Mirziyoyev pozdravil veteranov s prazdnikom
Shavkat Mirziyoyev pozdravil veteranov s prazdnikom - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi bilan barcha faxriylarni, butun xalqni tabrikladi.

TOSHKENT, 9 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi bilan barcha faxriylarni, butun xalqni tabrikladi.

Vrucheniye medaley veteranam voynы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentlik maktab oʻquvchilari urush qahramonlarini tabriklashdi - video

Bayram tantanasi Gʻalaba bogʻidagi amfiteatrda boʻlib oʻtdi.

Marosimda urush va mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar jam boʻldi. 

"Bugungi qutlugʻ ayyomda barchamiz, avvalo, oʻz jonini ona yurt uchun qurbon qilgan vatandoshlarimizning ruhi poklari oldida bosh egib taʼzim qilamiz. Sizlar kabi minglab urush va mehnat fronti qatnashchilarini – azmu shijoatli, dovyurak ota-bobolarimiz, sabr-matonatli onalarimiz, momolarimizning nomlarini hurmat bilan tilga olamiz", - dedi davlat rahbari.

Bu yil karantin tufayli urush va mehnat faxriylarining aksariyati bayramni oʻz uylarida nishonladi. Ular televideniye orqali bugungi tantanali marosimni toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib bordi. 

Vozdushnыy parad Pobedы v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
"Bizni umumiy umidlar birlashtiradi": Putin 9 may munosabati bilan chiqish qildi

"Siz azizlarning barchangizni gʻoyibona bagʻrimga bosib, bugungi erkin va ozod hayotni taʼminlash yoʻlida koʻrsatgan mardligingiz, Vatanga sadoqatingiz uchun oʻz nomimdan, xalqimiz nomidan rahmatlar aytib, eng ezgu va samimiy tilaklarimni izhor etaman. Biz sizlarning timsolingizda oʻzining dono maslahatlari, boy hayotiy tajribasi bilan hammamizga ustoz va duogoʻy boʻlib yurgan moʻʼtabar insonlarni koʻramiz. Sizlarning har biringiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Hayot yoʻllarida duch kelayotgan turli qiyinchilik va muammolarni, hozirgi kunda boshimizga tushgan sinovlarni yengib oʻtishda biz sizlarning mislsiz sabot va matonatingizdan, qatʼiyatingizdan doimo kuch va ibrat olamiz. Yosh avlodimizni Vatanga, xalqqa sadoqatli, jasur insonlar etib tarbiyalashda biz sizlarni doimo oʻrnak deb bilamiz va kelgusida ham shunday boʻlib qoladi", – dedi Mirziyoyev. 

© Press-slujbaShavkat Mirziyoyev pozdravil veteranov s prazdnikom
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqini Gʻalabaning 75 yilligi bilan tabrikladi - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev pozdravil veteranov s prazdnikom

Davlatimiz rahbari bayram tadbiriga kelgan urush va mehnat faxriylarining har biri bilan salomlashib, hol-ahvol soʻradi. Ularga sihat-salomatlik, uzoq umr tiladi.

Yangiliklar lentasi
0