Jamiyat

Samarqandda 34 kishiga virus yuqtirgan shifokor ustidan jinoyat ishi ochildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishMashina skoroy meditsinskoy pomoщi
Mashina skoroy meditsinskoy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Prokuratura sanitariya qoidalarini ravishda buzib 34 kishiga koronavirus yuqtirgan Samarqandlik shifokorga nisbatan jonoyat ishi ochdi.

TOSHKENT, 13 may - Sputnik. Samarqandda 34 kishiga xavfli yuqumli kasallik yuqtirgan shifokor ustidan jinoyat ishi ochildi deb xabar qilmoqda viloyat prokuraturasi.

Dorojnыy znak s nadpisyu Karantin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Karantin va oʻz-oʻzini yakkalash rejimining farqi nimada - shifokor izohi

Maʼlum boʻlishicha, tumani tibbiyot birlashmasida boʻlim mudiri vazifasida ishlab kelayotgan fuqaro X.D. 20 apreldan boshlab sogʻligida oʻzgarish, yoʻtal, tana haroratining 39 gradusgacha koʻtarilishi, nafas qisishi kabi “COVID-19” infektsiyasi kasalligi belgilari boʻlishiga qaramasdan, tez tibbiy yordamga murojat qilmagan va 20 apreldan 27 aprelga qadar uy sharoitida davolanib kelgan. 

Oqibatda, X.D. u bilan doimiy muloqotda boʻlgan turmush oʻrtogʻi va boshqa qarindoshlari, oʻzi davolab kelgan bemor va hamkasblaridan iborat jami 11 nafar hamda ular orqali boshqa 23 nafar shaxslarga oʻta xavfli boʻlgan yuqumli kasallikni yuqtirib, muloqotda boʻlgan shaxslar doirasini hamda borilgan joylar haqidagi maʼlumotlarni qasddan yashirib, jami 34 nafar fuqarolarning “COVID-19” infektsiyasi bilan kasallanishiga sababchi boʻlgan.

Maxsus tibbiy guruh tekshiruvi natijasida fuqaro X.D. shifokor boʻla turib oʻzini sanitariyaga oid qonun hujjatlarni qoʻpol ravishda buzgani aniqlangan va ushbu holat yuzsidan Viloyat prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. 

"2020 yil 12 may kuni X.D.ga nisbatan JKning 257-1-moddasi 1-qismi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalari buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. X.D. orqali kasallik yuqtirgan jami 34 nafar shaxslarning barchasi karantinga olinib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida ularga nisbatan davolash muolajalari olib borilmoqda", - deyilgan prokuratura xabarida. 

Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala