Hodisalar

Zarafshondagi sel sabab 300 kishi evakuatsiya qilindi

© Sputnik / Anatoliy Ustinenko / Fotobankka oʻtishPosledstviya sxoda selevogo potoka
Posledstviya sxoda selevogo potoka  - Sputnik Oʻzbekiston
Navoiy viloyati Zarafshon shahrida kuchli yogʻingarchilik sababli sel kelishi kuzatildi. Oʻz vaqtida koʻrilgan tezkor choralar natijasida fuqarolarning hayoti saqlab qolindi.

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Navoiy viloyati Zarafshon shahrida kuchli yogʻingarchilik sababli sel keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Na ulitse posle sxoda selevogo potoka - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Jizzax viloyatida 10 yashar qizni sel oqizib ketdi

Qayd etilishicha, sel  13 may kuni taxminan soat 02:30dan 04:30 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida kelgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, sel oqibatida 4 xonadon qisman zarar koʻrgan.

Vaziyat yuzasidan Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 9 ta texnikasi va 70 nafar shaxsiy tarkibi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 300 nafar fuqaroni xavfsiz hududga evakuatsiya qildi.

Oʻz vaqtida koʻrilgan tezkor choralar natijasida fuqarolarning hayoti saqlab qolingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala