Dunyoda

Rossiyada migrantlar orasida jinoyatlar soni kamaydi

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Fotobankka oʻtishMigrantы
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston
Migrantlar orasida jinoyatlar soni 1,2 foizga kamaydi. Asosan qotillik, talonchilik, bosqinchilik va oʻgʻrilik jinoyatlari kamaydi.

TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Rossiyada koronavirus pandemiyasi davrida migrantlar orasida jinoyatlar soni kamaydi, deb xabar qildi Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Boeing 767- 3 CBER - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonliklarni vatanga qaytarish charter reyslari jadvali toʻldirildi

Shuningdek, koʻcha jinoyatlari 7,1 foizga kamaydi.

"Baʼzi ekspertlar joriy etilgan cheklov choralar koʻchada, xususan, migrantlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar sonini koʻpaytirishi mumkin, deya xavotir bildirgandi. Bu bashoratlar amalga oshmadi", - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, migrantlar orasidagi jinoyatlar soni 1,2 foizga kamaydi. Xususan, qotilliklar soni 2 foizga, bosqinchilik 8,1 foizga, talonchilik 9,4 foizga, oʻgʻirlik 5,5 foizga kamaygan.

Eslatib oʻtamiz, Moskva meri Sergey Sobyanin 12 may kuni Rossiya poytaxtida qurilish va koʻplab sanoat korxonalarining ishga tushirilishi migrantlar orasida jinoyatchilikni koʻpaytirish muammosini hal qilishga yordam berishini aytgandi, chunki ishsiz qolganlar yana ishlashni boshlashlari mumkin. Moskva huquq-tartibot organ xodimlari xizmatni kuchaytirgan tartibda olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala