SSV Samarqandda 34 kishiga virus yuqtirgani uchun jinoiy ish ochilgan shifokorni himoyasiga oldi

© Ministerstvo zdravooxraneniya respubliki UzbekistanZdanie ministerstva zdravooxraneniya respubliki Uzbekistan
Zdanie ministerstva zdravooxraneniya respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish lozim deb hisoblaydi. Vazir bosh prokurorga murojaat yo‘llagan.

TOShKENT, 15-may — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqandda 34 kishiga virus yuqtirgani uchun jinoiy ish ochilgan shifokorni himoyasiga olib, bosh prokurorga murojaat yo‘lladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mashina skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda 34 kishiga virus yuqtirgan shifokor ustidan jinoyat ishi ochildi

"Sog‘liqni saqlash vazirligi jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi mazkur qarorni quyidagi asoslarga ko‘ra bekor qilinishi lozim deb hisoblaydi. Birinchidan, Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasidagi qasddan sodir etilishi talab etiladigan qilmishlardan birortasi  fuqaro X.D. tomonidan sodir etilmagan. Ikkinchidan, Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasi bilan javobgarlikka tortish uchun maxsus subyekt bo‘lish talab etilmaydi. Aniqrog‘i, bu modda bilan faqatgina tibbiyot xodimlari javobgar qilinishi mumkinligi ham qonunda ko‘rsatilmagan”, - deydi SSV yuridik bo‘limi boshlig‘i Ruslan Muhammadiyev.

Ta’kidlanishicha, tibbiyot xodimi X.D. koronavirusni juda katta ehtimol bilan bemorlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida yuqtirib olgan. U koronavirus yuqtirib olganligini joriy yil 28-aprel kuni topshirgan testi natijalari aniq bo‘lganidan keyingina bilgan va darhol davolanish uchun yotqizilgan. Bungacha u ushbu infeksiyani yuqtirib olganligini bilmagan va bilishi mumkin ham bo‘lmagan. Qolaversa, 34 nafar fuqaroga koronavirus aynan tibbiyot xodimidan yuqqanmi yoki boshqadanligini hali dastlabki tergov jarayonida isbotlash kerak bo‘ladi.

“To‘g‘ri, Sog‘liqni saqlash vazirligi X.D.ning o‘z sog‘ligiga nisbatan beparvo bo‘lib, kimlarnidir xavf ostida qoldirganligini oqlamoqchi emas. Shu bilan birgalikda, vazirlik mazkur holatda X.D.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror asossiz, deb hisoblaydi. Shundan kelib chiqqan holda, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga  X.D.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish masalasini o‘z vakolati doirasida ko‘rib chiqilishini so‘rab, joriy yil 14-may kuni murojaat yo‘lladi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda 34 kishiga virus yuqtirgan shifokor ustidan JKning 257-1-moddasi birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0