Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3 mingdan oshdi

© Sputnik / Yevgeniy Samarin / Fotobankka oʻtishTsentr krovi imeni O.K. Gavrilova prinimayet donorskuyu plazmu COVREC
Tsentr krovi imeni O.K. Gavrilova prinimayet donorskuyu plazmu COVREC - Sputnik Oʻzbekiston
Yana 28 holatda kasallik aholi orasidan aniqlangan. Sogʻliqni saqlash vazirligi sal oldin zaruratsiz koʻchaga chiqmaslik va shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilishga chaqirgan edi

TOSHKENT, 22 may - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 3006 nafarga yetdi.

Pogranichnыy punkt, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Juma shahriga kirish vaqtinchalik toʻxtatildi

"Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 5 nafari oldindan karantinda boʻlgan fuqarolar, 6 nafari xorijdan kelgan shaxslar (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 28 nafari esa aholi orasidan qayd etildi", - deb xabar qiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Aholi orasidan aniqlangan holatlarning 13 nafari Samarqand, 15 nafari esa Navoiy viloyatlariga toʻgʻri keladi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda boʻlgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qatʼiy karantinga olingan.

Ayni paytda 2407 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sogʻaygan. Hozirda Oʻzbekistonda 586 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 4 nafarining ahvoli ogʻir.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, bir sutka ichida dunyo boʻyicha COVID-19ga chalingan bemorlar soni 103 mingga oshib, 4,9 million nafarga yaqinlashgan. Sutka davomida 4,4 mingdan ziyod inson vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala