Jamiyat

Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarga qanday yordam bermoqda

© Posolstvo Uzbekistana v RossiiKak posolstvo pomogayet migrantam i studentam
Kak posolstvo pomogayet migrantam i studentam - Sputnik Oʻzbekiston
COVID-19 pandemiyasi tufayli qiyin sharoitda qolgan vatandoshlarga Oʻzbekiston elchixonasi va bosh konsulxonalari moddiy yordam koʻrsatmoqda va vataniga qaytish uchun imkon yaratmoqda.

TOSHKENT, 25 may – Sputnik. Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasi ayni damda Rossiya hududida boʻlib turgan vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash uchun qator tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Oziq-ovqat yordami

2020 yil 25 martdan 23 mayga qadar Moskva shahri xostellarida ogʻir ahvolda qolgan Oʻzbekiston fuqarolarining yashashi va ovqatlanishi toʻlab berildi. Bu maqsadga 5 mln. 720 rubl sarflandi, - deyilgan xabarda.

Yordam yaqinda: Toshkent muvofiqlashtiruv markazida volontyorlar qanday ishlamoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Shoshilinch oziq-ovqat yordami: xayriya markazi faoliyati - video

Shuningdek, Rossiya texnologik universiteti, MISiS, Milliy tadqiqot texnologik universiteti, Rossiya davlat turizm va xizmatlar universiteti, Moskva aviatsiya instituti, Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya instituti, Rossiya transport universiteti, Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Rossiya davlat xalqlar doʻstligi universiteti, Oliy iqtisodiyot maktabilf taʼlim olayotgan 1000 dan ortiq talablara oziq-ovqat yetkazib berildi.

Undan tashqari, oʻtgan hafta davomida elchixonaga yordam soʻrab murojaat qilgan moddiy qiyin ahvolda qolgan 217ta oila 2 haftalik oziq-ovqat bilan taʼminlandi.

“Mehr” loyihasi

Yaqinda ishga tushgan “Mehr” loyihasi doirasida Rossiyada qiyin ahvolda qolgan Oʻzbekiston fuqarolariga yordam berish boshlandi. Loyiha biznesmen Alisher Usmonov homiyligida ishga tushirilgan.  Loyihaning tashkiliy masalalari bilan Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasi shugʻullanmoqda.

Mexr fondi - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Rossiyada "Mehr" fondi ish boshladi

 “Mehr” loyihasi doirasida 14-22 may orasida 786 nafar yordamga muhtoj fuqarolarga umumiy qiymati 4 890 766 rublga teng boʻlgan moliyaviy yordam koʻrsatildi.  Moliyaviy yordam birinchi navbatda qaramogʻida 2 yoki undan koʻp farzandi boʻlgan onalarga, nogironlarga, homilador ayollarga, talabalarga koʻrsatilmoqda.

Elchixona izohiga koʻra, Mexr.rf portali bir kunda 1000tagacha ariza qabul qilishi imkoniyatiga ega. Bu elchixona xodimlari soni cheklanganligi bilan bogʻliq.

Fuqarolarni Oʻzbekistonga joʻnatish

Elchixona tomonidan 12 may holatiga Vatanga qaytish istagini bildirgan 55 ming kishi onlayn-roʻyxatga kiritilgani xabar qilingan edi. 

Ayni damda elchixona tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiyadan imkon qadar tez muddatda olib chiqish maqsadida, 9 nafar xodimdan iborat maxsus guruh tashkil etilib u doimiy ravishda fuqarolar bilan ishlab kelmoqda.

Migrantы v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Charter reyslarda kim birinchi qaytariladi - Rossiyadagi elchixona javobi

Maʼlumki, charter reyslariga birinchi navbatda keksa, kasal fuqarolar, homilador va bolali ayollar, shuningdek, ilgari bekor qilingan doimiy reyslarga chiptasi bor fuqarolar joylashtiriladi. 

Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulligi orqali 1200 ta Oʻzbekiston fuqarosini Qozogʻiston bilan chegaraga yetkazish uchun 125 ming rubl miqdoridagi xarajatlar qoplandi. Ushbu fuqarolar Oʻzbekistonnin Nursultondagi Elchixonasi tomonidan tashkil etilgan maxsus transportda Qozogʻiston Respublikasi orqali Vatanimizga qaytarildi.

Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg va boshqa  yirik shaharlaridan tashkil qilinayotgan charter parvozlar vaqti-vaqti bilan eʼlon qilinib kelinmoqda. Pandemiya tufayli kiritilgan cheklovlar tufayli ularning soni hozircha cheklangan. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala