Jamiyat

Rossiyada migrantlar uchun mehnat birjalari tashkil qilinishi mumkin

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Fotobankka oʻtishMigrantы v Moskve
Migrantы v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada qonuniy va noqonuniy ishlayotgan migrantlar uchun ixtisoslashtirilgan mehnat birjalarini yaratish taklif qilinmoqda. Birjada roʻyxatdan oʻtkgan migrantlarga ijtimoiy yordam koʻrsatiladi.

TOSHKENT, 29 may - Sputnik. Rossiyada migrantlar uchun ixtisoslashgan mehnat birjalari, vaqtincha ish joylari tashkil etilishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaasiga asosan.

Inostrannыe rabochiye - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiyada migrantlarga ham ishsizlik nafaqasi toʻlash taklif qilindi

Xabarda aytilishiga koʻra, vazirlik koronavirus pandemiyasi sababli vujudga kelgan fors-major vaziyatni hisobga olgan holda, migratsiya sohasida yuz berishi mumkin boʻlgan turli vaziyatlarni tahlil qilib chiqqan.

Mutaxassislar vaziyatning qisqa muddatli (joriy yil oxiriga qadar) va oʻrta muddatli (keyingi 2-3 yil davomida) "optimistik" va "pessimistik" rivojlanish stsenariylarini ishlab chiqib, migratsiya sohasida vaziyat keskinlashganda uni hal qilishning bir necha usullarini taklif qilmoqdalar.

Xususan, ixtisoslashtirilgan mehnat birjalari tashkil etish taklif qilinmoqda. Ushbu birjalarda nafaqat qonuniy yashayotgan migrantlarni, balki noqonuniy mehnat migrantlarini ham qayd etish mumkin boʻladi. Ularni ragʻbatlantirish sifatida tibbiy sugʻurta xizmati taqdim etiladi.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Federatsiya kengashi migrantlarga ishsizlik nafaqasini toʻlash gʻoyasiga munosabat bildirdi

Bundan tashqari, muhojirlarni ijtimoiy ahamiyatga ega obʼyektlarga vaqtincha muqobil ravishda ishga joylashtirish variantini koʻrib chiqish ham rejalashtirilgan.

"Masalan, ayollarni nogironlarga yordam berish uchun qariyalar uylariga yoki baʼzi ijtimoiy xizmatlarga yuborish mumkin. Qolganlarini shahar infratuzilmasi, uy-joy kommunal xizmatlariga, transportga yuborish mumkin", - deydi manba.

Uning soʻzlariga koʻra, ekspertlar ogʻir sharoitda qolgan mehnat migrantlarini ish bilan taʼminlaydigan ish beruvchilar uchun imtiyozlar yoki ragʻbatlantirish vositalarini taqdim etish masalasini koʻrib chiqishni oʻrinli deb bilishadi.

"Eng muhimi, agar migrant ana shunday mehnat birjasida roʻyxatda turgan boʻlsa, uning maqomi belgilanadi va unga ijtimoiy yordam choralarini koʻriladi: masalan, bepul oziq-ovqat toʻplami, eng kerakli mahsulotlar yoki naqd pul toʻlanadi", - deydi manba.

Eslatib oʻtamiz, aprel oyida Strategik tashabbuslar agentligi (ASI) ishsiz muhojirlarni ishsizlik nafaqasini olish uchun Rossiya fuqarolariga tenglashtirishni taklif qilgan edi.

Rossiya muftiysi migrantlarga oziq-ovqat tarqatishni taklif qildi.

ASI shuningdek, ishsiz qolgan muhojirlarni "erkin bozorlar va IT infratuzilmalariga xizmat koʻrsatish bozorlariga" tayyorlashni boshlashni taklif qildi. Agentlik "Mehnat unumdorligi va bandlikni qoʻllab-quvvatlash" milliy loyihasi mablagʻlarini qayta taqsimlashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.

Maʼlumot uchun, Moskva migratsiya markazida 2016 yildan buyon Mehnat birjasi faoliyat yuritib kelmoqda. Bu yerda doimiy ravishdan 2000dan ortiq vakansiyalar mavjud.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala