Hodisalar

Oʻzbek-qirgʻiz chegarasidagi mojaroda 25 kishi jarohatlandi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovPogranichnik na smotrovoy vыshke. Granitsa Kыrgыzstana
Pogranichnik na smotrovoy vыshke. Granitsa Kыrgыzstana - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasidagi mojaroda 25 kishi jarohatlandi. Jarohatlanganlarga zarur tibbiy muolajalar koʻrsatildi.

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Oʻzbek-qirgʻiz chegarasidagi mojaroda 25 kishi jarohatlandi, deb xabar qildi Qirgʻiziston Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Otkrыtiye granitsы mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Chegara mojarosi. Abdulla Aripov Qirgʻiziston hukumati vakili bilan uchrashadi

“Aydarken shahrida umumiy tibbiy amaliyot markaziga 25 kishi olib kelindi. Ayni vaqtda turli darajada jarohat olgan 4 nafar kishi statsionarga yotqizildi. Ikki kishi jonlantirish boʻlimida, jarrohlik amaliyotidan soʻng shifokorlar tomonidan ularning ahvoli ogʻir deb baholanmoqda. Ikki kishi jarrohlik boʻlimiga yotqizildi - ahvoli oʻrta ogʻir. Barcha fuqarolar zarur tibbiy muolaja olmoqda”, - deyilgan xabarda.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, qolgan 21 kishiga shoshilinch yordam koʻrsatilgandan soʻng ambulator davolanishga joʻnatildi.

Jarohatlanganlar barcha dori-darmonlar bilan taʼminlandi.

Voqea joyida ikki shoshilinch tibbiy yordam brigada navbatchilik qilmoqda. Batken viloyati shifoxonadan reanimatolog va travmatolog hamkasblarga yordam berish uchun keldi.

Eslatib oʻtamiz, 31 may kuni Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasida joylashgan Chashma bulogʻi oldida ikki mamlakat fuqarolari oʻrtasida mojaro yuz berdi.

Janjalga Chashma bulogʻi suvi ikki qishloq aholisi tomonidan birgalikda tozalanishi sabab boʻlgan. Tomonlar buloq qaysi davlatga tegishligi borasida tortishib qolishgani aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala