Jamiyat

Sinoptiklar Oʻzbekistonda jazirama yozni prognoz qilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTashkenttsы kupayutsya v fontane, spasayas ot jarы
Tashkenttsы kupayutsya v fontane, spasayas ot jarы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2020 yil yozda Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Tojikistonda, Qozogʻistonning janubiy, gʻarbiy, sharqiy mintaqalarida 40% ehtimol bilan harorat fonning meʼyordan yuqori boʻlishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Bu yil bahorning oxiri Oʻzbekistonda juda issiq keldi, deya yozadi Oʻzgidromet. Mayning oxirgi haftasida havo harorati 26-38 darajagacha, janubda 40 darajagacha koʻtarildi.

Eng yuqori haroratlar Qaraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuzatildi, bu hududlarda havo 40-42 daraja, choʻl zonasida ayrim joylarda 43-44 darajagacha qizidi. Bu may uchun xos boʻlgan koʻrsatkichlardan 5-7 darajaga, shimolda 8-10 darajaga yuqoridir.

Oʻzbekistonning shimolida yangi harorat rekordlari oʻrnatildi. Qaraqalpogʻiston va Xorazm viloyatining koʻpchilik meteorologik stantsiyalari maʼlumotlariga koʻra bu yilgi may oyining oxirida qayd etilgan bunday yuqori oylik harorat avval kuzatilmagan.

Respublikaning koʻpgina mintaqalarida ayrim kunlarda kunlik harorat maksimumlari qayd etildi.

Bu yil issiq erta boshlangani sababli koʻpchilikni yozda harorat qanday boʻladi degan savol qiziqtirmoqda.

Yoz fasli uchun aniq ob-havo prognozlarini hech kim bermaydi va bu sinoptiklarning “yomon” ishlashi bilan bogʻliq emas. Shunchaki butun iqlimiy tizim xaotik boʻlib, uzoq muddatga aniq pronozlar berishning imkoni yoʻq.

Fontan v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Soʻnggi 16 yillik jazirama ob-havo rekordi yangilandi – Oʻzgidromet

Bugungi kunda tayyorlanayotgan mavsumiy prognozlar taxminiy tavsifga ega va umuman olganda mavsumga baho berish uchun foydalaniladi va “bu davrda oʻrtacha harorat meʼyordan yuqori yoki past boʻladi, yoqqan yogʻinlar miqdori ham meʼyordan koʻproq yoki kamroq boʻladi” degan koʻrinishda boʻladi.

Bu yil mavsumiy prognozlar ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan Jahon ob-havo markazlari maʼlumotlariga koʻra kirib kelgan yozda sayyoramizning katta qismida haroratning musbat anomaliyasi (yaʼni meʼyordan yuqori harorat) bilan bogʻliq tsirkulyatsiya rejimlarining ustun kelishi kutilmoqda.

Oʻzgidromet Shimoliy Yevroosiyo iqlimiy markaziga aʼzolik doirasida mavsumiy prognozlar tayyorlashda ishtirok etadi. Har yili qish va yoz mavsumlari boshlanishidan oldin ushbu markazda mintaqadagi barcha gimdrometxizmatlar mutaxassislarining forumlari oʻtkaziladi. Ushbu forumlarda butun Shimoliy Yevroosiyo hududi boʻyicha kirib kelayotgan qishki yoki yozgi mavsumlar uchun prognozlar ishlab chiqiladi.

Bunday prognozlar eng zamonaviy iqlimiy maʼlumotlar va prognostik mahsulotlar tahliliga asoslanib, unda barcha ishtirokchi davlatlar vakillarining fikrlari eʼtiborga olinadi. Shu bois prognoz konsensus (maslahatlashish jarayonida kelishilgan) prognoz deb yuritiladi.

Bu yil yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat tufayli Shimoliy Yevroosiyo iqlimiy markazining forumi 19-20 may kunlari onlayn rejimda oʻtkazildi.

“Konsensus prognozga koʻra 2020 yil yozda Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Tojikistonda, Qozogʻistonning janubiy, gʻarbiy, sharqiy mintaqalarida 40% ehtimol bilan harorat fonning meʼyordan yuqori boʻlishi kutilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Agar umumiy tendentsiyalar toʻgʻrisida gapiradigan boʻlsak, yozning issiq boʻlishi toʻgʻrisidagi prognoz hozirda biz kuzatayotgan vaziyatni tasdiqlamoqda. Oxirgi yillarda global isish tendentsiyasining davom etishi munosabati bilan issiqlik toʻlqinlarining soni va jadalligi ortib bormoqda. Oʻtgan 2019 yil tarixda eng issiq yillar ichida 2016 yildan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi.

Yaqinda oʻtgan barcha yillar ham butun asbob-uskunalar bilan kuzatuv davri uchun eng issiq top-5 yoki top-10 ga kirgan.

Gorojane spasayutsya ot jarы v fontane parka 300-letiya Sankt-Peterburga. - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy Osiyoda yozda anomal jazirama boʻladi - iqlimshunoslar bashorati

“Bu yilgi yoz ushbu qatorga kirmaydi deb taxmin qilishga hech qanday asos yoʻq. Shuning uchun bu yilgi yoz issiq boʻlishi ehtimolga yaqin, biroq iqlimiy tizim xususiyatlarini eʼtiborga oladigan boʻlsak, bu 100 foizli prognoz emas”, - deya qayd etgan Oʻzgidromet.

Bundan tashqari oʻrtachalashtirilgan umumiy tavsif mavsum davomida qanday muayyan harorat qiymatlari kuzatilishi toʻgʻrisida tasavvur bermaydi. Yozning uch oyi davomida issiq haroratning sustlashishi, yoki bir oy juda issiq boʻlib, qolgan ikki oy davomida harorat meʼyorga yaqin boʻlishi mumkin.

Aholining katta qismi uchun koʻproq tushunarli boʻlgan prognozlar har kuni Oʻzgidromet tomonidan 6 kun barvaqtlik bilan tayyorlanadi. Hozircha yozning birinchi haftasida kutilayotgan ob-havo toʻgʻrisida gapirish mumkin.

Ish haftasi davomida harorat koʻtarilib, 38-40 darajaga, mamlakat janubi va choʻl zonasida ayrim joylarda 43 darajagacha yetadi. Dam olish kunlari harorat biroz pasayadi.

Yangiliklar lentasi
0