TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Samara viloyati chegarasida qolgan 367 nafar fuqaro Oʻzbekistonga yuborildi, deb xabar qildi RIA Novosti viloyati hokimiyati matbuot xizmatiga asosan.
“Bugun 367 nafar Oʻzbekiston fuqarolari Samara viloyati hududini tark etdi. Ular Qozogʻiston bilan “Mashtakovo” nazoratdan oʻtish joyidan chegarani kesib oʻtishdi”, - deb xabar qildi agentlik suhbatdoshi.
Qoʻshni respublika hududidan oʻzbekistonliklar avtobuslarda vatanga olib kelinadi.
Eslatib oʻtamiz, ikki kun avval TIV Rossiya-Qozogʻiston chegarasi “Mashtakovo” nazorat-oʻtkazish punkti yaqinida 300ga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari toʻplangani haqida xabar bergandi.
Bu masala Oʻzbekistonning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olinib, Rossiya va Qozogʻistonning vakolatli organlari bilan muzokara olib borildi.
TIV Operativ shtabi ushbu vaziyat toʻgʻrisida maʼlumotni har tomonlama koʻrib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yubordi.