Dunyoda

Rossiyada 7 km masofadagi nishonni yakson qiladigan snayper quroli yaratiladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishNovыe snayperskiye vintovki K-15 i F-17
Novыe snayperskiye vintovki K-15 i F-17 - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada yetti kilometr masofadagi nishonni yakson qiladigan DXL-5 snayper miltigʻini ishlab chiqarilmoqda.

TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Rossiyada yetti kilometr masofadagi nishonni yakson qiladigan DXL-5 snayper miltigʻini ishlab chiqarilmoqda. Bu haqda RIA Novosti’ga Lobaev Arms direktori Vladislav Lobayev maʼlum qildi.

Snayperskiy pritsel - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Fuqaro Oʻzbekistonga snayper miltigʻining nishonga olish moslamasini olib kirishga urindi

Bugungi kunda “Sumrak” miltigʻi bir yarim kilometr, rekord darajada 4,2 kilometr masofadagi nishonni yakson qilishga qodir.

“Hozir rekord darajada olti-yetti kilometr hamda ishonarli otish - uch kilometr masofada nishonga oladigan miltiqlar ustida ish olib bormoqdamiz. Loyihaning dastlabki nomi DXL-5, DXL-4 va DXL-3  kabi mahsulotlarimiz ushbu turga tegishli. Bunday uzoq masofadagi nishonni yakson qiladigan snayper quroli jahon bozorida hali yoʻq”, - deydi Lobayev.

Uning soʻzlariga koʻra, miltiq uchun yangi texnologiyalar bilan jihozlangan maxsus oʻq ishlab chiqariladi.

“Bu miltiq uchun yangi patron boʻladi, ilgari ishlatilgan oʻqlardan kattaligi va boshlangʻich tezligi bilan ajralib turadi. Shu sababli hozircha uning kalibri va boshqa koʻrsatkichlarini oshkor qilmaymiz”, - deb qoʻshimcha qildi mutaxassis.

Ekspertning soʻzlariga koʻra, DXL-5 miltigʻi 2021 yil boshida tayyor boʻladi, biroq koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan muammolar tufayli hozircha aniq sanasini aytish qiyin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala