Sirdaryoda tez yordam xodimlarini kaltaklagan shaxs qo‘lga olindi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqaro telefon orqali navbatchi feldsher o‘zaro janjallashib qolgan. So‘ngra chaqiruvga binoan kelgan u va shifokorni do‘pposlagan.

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Sirdaryoda tez yordam xodimlarini kaltaklagan shaxs qo‘lga olindi.

IIV huzuridvagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 03-iyun kuni soat 23:30 da Sayxunobod tumani, Do‘stlik mahallasida fuqaro A.B. o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida tan jarohat olgan. Uning tanishi 27 yoshli E.N. tez tibbiy yordam bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, yordam so‘ragan. U telefonda navbatchi feldsher 27 yoshli V.N. bilan o‘zaro tortishib qolgan va bir-birlarini haqorat qilishgan.

Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda bemorning tajovuzkor tog‘asi shifokorni ko‘rish qobiliyatidan mahrum etdi

So‘ngra tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari navbatchi shifokor 28 yoshli J.O. va navbatchi feldsher V.N. chaqiruv bo‘lgan joyga yetib borgan. E.N. navbatchi feldsher V.N. bilan o‘zaro tortishib qolganligi sababli uni qo‘llari hamda oyoqlari bilan tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan. Shunda navbatchi shifokor J.O. ularni ajratmoqchi bo‘lgan. Biroq E.N. uni ham do‘pposlagan.

Natijada navbatchi feldsher V.N. va shifokor J.O.lar tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilganlar.

Mazkur holat yuzasidan E.N.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan

Hozir u ushlangan va dastlabki  tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0