Dunyoda

OPEK+ 2.0 shartnomasi barcha uchun foydalimi YOKI...

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Fotobankka oʻtishTsisternы dlya nefteproduktov
Tsisternы dlya nefteproduktov - Sputnik Oʻzbekiston
OPEK+ 2.0. shartnomasi Rossiya va MDH davlatlariga nima beradi? Energetika xavfsizligi mutaxassisi izohi. 

OPEK+2.0 deb nomlangan ushbu kelishuv G20 va OPEK+ ishtirokchilari muzokaralardan soʻng 2020 yil aprel oʻrtalarida tuzilgan edi. Oʻshanda neft qazib olish hajmini kuniga 9,7 million barrelga qisqartirishga kelishib olingan edi. Rossiya milliy energetika xavfsizli fondining bosh mutaxassisi Igor Yushkov Sputnik uchun. 

Birinchi davr muvaffaqiyatli tugadi

Ushbu qaror koronavirus tufayli neftga boʻlgan talab misli koʻrilmagan darajada tushib ketganidan soʻng qabul qilingan edi. Oʻshanda dunning barcha davlatlari infektsiya tarqalishini oldini olish maqsadida kesin choralar qabul qilishgan edi. Natijada samolyotlar uchishdan toʻxtab, avtomobillar harakati cheklanib zavod va fabrikalar toʻxtab qolgan va yonilgʻiga boʻlgan talab keskin kamaygan edi. Neft qazib olish hajmi esa oldingi krizisgacha boʻlgan darajada qolayotgan edi.

Dobыcha nefti v SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
OPEK va Rossiya Amerika slanets nefti oyogʻi ostiga "bomba qoʻydi"

Bundan tashqari, Rossiya va Saudiya Arabistoni oʻrtasida neft qazib olishni qoʻshimcha qisqartirish masalasida kelishmovchiliklar tufayli, OPEK + bitimi 2020 yilning ikkinchi choragida amalda buzildi. Shu yilning 4-6 mart kunlari boʻlib oʻtgan OPEK + kelishuvida tomonlarning uchrashuvida qirollik neft qazib olishni barcha ishtirokchilar uchun amalda boʻlgan kvotalaridan yana 1,5 million barrelga kamaytirishni taklif qildi. Sabab sifatida Xitoyda talabning pasayishi koʻrsatildi. Rossiya oʻsha paytda ishlab chiqarishni kamaytirmasdan, vaziyat qanday rivojlanishini kuzatishni tavsiya qilgan edi. Oʻsha vaqt Xitoyda karantin qancha vaqt davom etishi va virus boshqa mamlakatlarga tarqalishi hali aniq emas edi.

Mart oyidagi OPEK + aʼzolarining muvaffaqiyatsiz yigʻilishidan soʻng, Saudiya Arabistoni "narxlar urushi" ni boshladi: qirollik oʻz neftini xaridorlariga jiddiy chegirmalar bilan sota boshladi va 1 apreldan (avvalgi kelishuvlar davri tugagan paytda) neft qazib olishni kuniga 2 million barrelga koʻpaytirilishini eʼlon qildi. Shartnomaning qolgan tomonlari ham harakat erkinligini oldilar va oʻz mahsulotlarini koʻpaytirishga tayyorlandilar.

Natijada ikkita tendentsiya - neft isteʼmolining keskin pasayishi va uni qazib olishning oʻsishi bozorda narxlarning keskin pasayishiga olib keldi. Ana shunday voqealar fonda OPEK + 2.0 bitimi tuzildi.

Vid goroda Er-Riyad - stolitsы Saudovskoy Aravii. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Saudiya Arabistoni "Katta yigirmatalik" favqulodda sammitini onlayn rejimda chaqiradi

Ushbu maʼlumot dastlabki davr uchun bitimning haqiqiy maqsadlarini tushunish uchun muhimdir. Mart-aprel oylarida katta miqdordagi neftning haddan tashqari koʻpayib ketishi butun dunyoodagi neft omborlarini ortiqcha toʻlib ketishiga olib kelgan edi. Axir taklifning talabdan oshishi kuniga 20-35 million barrelga yetgandi. Shu sababli OPEK + yangi kelishuvi oldiga neftni saqlash omborlarining toshib ketishini oldini olish vazifasi qoʻyildi.

Chunki, bunday holda eng salbiy stsenariy boʻyicha, barcha ishlab chiqaruvchilar OPEK + kelishuviga binoan ishlab chiqarishni sezilarli darajada kamaytirishi kerak boʻlar va neft narxi nolga tushib ketardi.

Bu neft qazib oluvchi davlatlarning amaldagi shartnomasi va 2016 yilda tuzilgan birinchi OPEK + kelishuvi oʻrtasidagi farqdir. Keyin neft narxini koʻtarish maqsadida ishlab chiqarish hajmini tartibga solish haqida gap ketmoqda, chunki oldingi narxlar kengaytirilgan kartel ishtirokchilariga, shu jumladan Rossiyaga ham maʼqul kelmadi.

Isteʼmol tiklanmoqda, narxlar ham

Iyun oyining boshiga kelib, neft omborlarini ortiqcha toʻldirish xavfi sezilarli darajada kamaydi. Shuning uchun biz hozirgi formatdagi OPEK + bitimi birinchi vazifani muddatidan oldin bajargan deb ayta olamiz. Axir u may-iyun oylarida mamlakatlar neft qazib olishni iloji boricha kamaytirishi va 1 iyuldan boshlab uni bir oz oshirishni nazarda tutgan edi. Oldingi stsenariy boʻyicha kunlik neft qazib olish hajmini may oyida 9,7 mln. barrelga, iyunda – 7,7, iyul – dekabrda esa – 5,8 mln barrelgacha qisqartirishni nazarda tutgan edi. Lekin OPEK vaziyatga qarab oʻz qarorini oʻzgartirdi va kunlik qazib olish hajmini eng katta qisqartirish muddatini iyul oyiga qadar uzaytirdi. Bu degani kartel ishtirokchilari oldingi, narxlarni tepaga koʻtarib turuvchi strategiyaga qaytishganidan darak beradi.

Neftyanoy tanker v more - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Saudiya Arabistoniga neft urushi qimmatga tushadi - Bloomberg

Qazib olish hajmida eng katta cheklovlarni iyul oyigacha uzaytirishni Saudiya Arabistoni, ehtimol AQSH bosimi ostida amalga oshirgan boʻlishlari mumkin. AQShga neftning yuqori narxlarda sotilishi oʻz slanets neft ishlab chiqariuvchilarini himoya qilish uchun kerak. Neft narxi barreliga 30 dollardan boʻlsa slanets loyihalarining barchasi daromadsiz boʻladi.  AQShda hozir qazib olinayotgan neft hajmi keskin kamayib ketmoqda. Ishlab chiqarish kuniga 2 mln barrelgacha kamaygan. Hukumat topshirigʻiga binoan emas – iqtisodiy sabablar tufayli.  

Rossiya qazib olish hajmini cheklashga rozi boʻlishiga ham bir necha sabablar bor. Bunga birinchidan neft narxi oshishga qaratilgan siyosati sabab boʻlgan. Axir Rossiyada foydali qazilmalar soligʻi neftning jahon bozoridagi narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Neft qancha qimmat boʻlsa, byudjet shuncha koʻp mablagʻ oladi.

Ikkinchidan, Rossiya Saudiya Arabistoni bilan yana mojaroli vaziyat yuzaga kelishidan manfaatdor emas.

Logotip kompanii Saudi Aramco - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Belarus Saudiya Arabistonidan birinchi neft partiyasini sotib oldi

Sobiq Ittifoq respublikalari uchun OPEK+ning ushbu qarori, umumiy hisobda ijobiy natijalar olib keladi. Qozogʻiston va Ozarbayjon uchun neft narxining oshishi hajm oshishidan koʻra muhimroq. Belarusga ham neft qimmatroq boʻlsa yaxshi. Respublika katta miqdorda Rossiya neftini sotib olishga qaytdi va oʻz neft zavodlarini toʻliq quvvatda ishlatmoqda. Yevropada neft mahsulotlari narxi qancha balan boʻlsa Belarus uchun bu shunchalik yaxshi.

OPEK+ning neft hajmini kamaytirish hisobidan uning narxini oshirish haqidagi soʻnggi qarori barcha aksariyat uchun yaxshi natija olib keladi. Ushbu qarorga qarsh chiqqan neft kompaniyalari ham jiddiy qiyinchilikka uchramasliklari kerak. chunki ularning moliyaviy zahiralari bor.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala