Dunyoda

Koinotdan sirli radiosignallar takroran kelmoqda

Koinotdan kelayotgan kuchli radiotoʻlqinlar ehtimoliy sabablari sifatida quyoshdan bir necha bor kuchli nurga ega boʻlgan neytron yulduzlari, qora tuynuklar, pulsarlar, magnitarlar va hatto oʻzga sayyoraliklar deb hisoblanmoqda.

TOSHKENT, 11 iyun - Sputnik. Koinotni kuzatuvchi olimar FRB 121102 deb nomlanuvchi radioavjlanishlar toʻlqini har 157 kunda takrorlanayotganini payqashdi, deb xabar beradi National Geographic, Buyuk Britaniyaning Jodrell-Bank observatoriyasi mutaxassislariga asoslanib.

FRB 121102 2012 yilda aniqlangan - bu koinotdagi maʼlum radioavjlanishlarning eng faolidir. Shu vaqtga qadar astronomlar ushbu toʻlqinlarda muntazamlik yoʻq, ular hech qanday qoidaga boʻy soʻnmaydi deb hisoblashgan edi. BU safar ilk bor ushbu toʻlqinlar maʼlum muddatda takrorlanayotgani aniqlandi.

Boriy Alixanov, predsedatel Ekologicheskoy partii RUz - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston Ekopartiyasi vakili: koinot tiklanmaydigan nuqtaga yetishga 10 yil qoldi

Yangi tadqiqotga koʻra, FRB 121102 taxminan 90 kunlik koʻp marotabali avjlanishlarni, soʻngra 67 kunlik tanaffusni koʻrsatadi. Shundan soʻng 157 kunlik tsikl takrorlanadi. Agar tahlil toʻgʻri boʻlsa, manba 2 iyun kuni yangi faoliyat tsikliga kirishi kerak edi. Tadqiqotchilar aytishicha, bu sirli signallarning baʼzi ehtimoliy sabablarini yoʻqqa chiqaradigan ajoyib kashfiyot.

"Biz hisoblaymizki, bu shunchaki ikkinchi tizim, unda portlash faolligida shunga oʻxshash modulyatsiya namoyon boʻladi. Davriylikni aniqlash portlashlarning kelib chiqishini muhim cheklaydi", - tadqiqot muallifi Kaustubha Rajvada soʻzlaridan NatGeo iqtibos keltiradi.

FRB kosmosning eng qiziqarli sirlaridan biridir. Bu Yerdan millionlab yorugʻlik yilida joylashgan chuqur kosmosdan, galaktikalardan kelgan juda kuchli radio signallar. Ulardan baʼzilari quyoshdan 500 million baravar koʻproq energiya chiqaradi. Bu kuchli signallarning ehtimoliy sabablari neytron yulduzlari, qora tuynuklar, qoʻshaloq yulduzlar bilan pulsarlar, portlovchi pulsarlar, magnitarlar va hatto oʻzga sayyoraliklar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala