Kolumnistlar

Mixail Yefremov qismati kimga ibrat boʻlishi kerak

© Press-slujba Taganskogo suda / Fotobankka oʻtishIzbraniye merы presecheniya Mixailu Yefremovu
Izbraniye merы presecheniya Mixailu Yefremovu - Sputnik Oʻzbekiston
8 iyun kuni Mixail Yefremovni avtohalokatga olib kelgan alkogolizm emas, balki oʻziga nisbatan vijdonli boʻlishni istamasligi yoki aniqrogʻi, imkonsizligi.

Aktyor Mixail Yefremovning aybi bilan uning tengdoshi, kuryer Sergey Zaxarov halok boʻlgan "mast avtohalokat" - taniqli shaxs ishtirokidagi fojiali voqeadan kutilgandan ham jamiyatda koʻp hayajonlarni qoʻzgʻatdi. Barchasi shunchalar chalkashib ketdiki, ijtimoiy munosabatni bir necha mavzu va darajalarga ajratishga urinib koʻrish kerak.

DTP na trasse Samarkand - Karshi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
"Samarqand - Qarshi" yoʻlidagi yirik avariya tafsilotlari maʼlum boʻldi

Eng oddiy, va afsuski, bu odamlarga xos boʻlgan - Yefremovning hammaga maʼlum boʻlgan ichkilikbozligi ertami-kechmi uni biror fojiaga olib kelardi. Xuddi shu tarzda, u mast holatda avtohalokatda oʻzi nobud boʻlishi yoki oʻzi bilan birga boshqa odamlarning hayotiga zomin boʻlishi mumkin edi, ammo u uchun deyarli eng yomon variant yuz berdi: u tirik va sogʻ-salomat, ammo uning aybi bilan odam oʻldi. Yefremov bu bilan bundan keyin qanday yashaydi, qanday qilib gunohi kechirilishi uchun iltijo qilib, oʻz aybi uchun aziyat chekib yashaydi - bu uning shaxsiy fojiasi va shaxsiy ishi, va bu ishining intiqomi haqida endi hech kim (shu jumladan oʻzi ham) bilmaydi va faqat bu ishida Xudo unga hakam. Hozirda uni laʼnatlash yoki unga achinish Yefremovga emas, balki bu his-tuygʻularni bildirayotganlarga zarur.

Ammo davlat bunday hollarda qattiq jazolaydi - va aynan shu yerda ijtimoiy ehtiroslarning ikkinchi darajasi boshlanadi. Jazolashadimi yoki "bosdi-bosdi" qilishadimi? Jazo - besh yildan 12 yilgacha, shu bilan birga hamma biladiki, baʼzida koʻrsatilgan quyi muddatdan ham pastrogʻi tayinlanishi mumkin, haqiqatan ham yengillashtiradigan shartlar boʻlsa, hamda sud bilan korruptsion yoki apparat kelishuv "qobiliyati" boʻlganda. Baʼzilar mashhurlik va kuchli doʻstlar Yefremovni javobgarlikdan qochishga yordam berishiga ishonmoqda. Boshqalar esa mast holatda haydashga (Rossiyada har yili 4 ming kishi mast haydovchilarning aybi tufayli halok boʻladi) va elitaning oshkor qilinmagan imtiyozlariga qarshi kurashni namoyishkorona qatʼiy jazo talab qilinishini taʼkidlaydilar. Aslida, Yefremovning mashhurligi unga yengil qoʻrquv bilan - shartli hukm bilan jazodan qochishi ehtimolini keskin kamaytiradi. Agar bunday baxtsiz hodisa taniqli aktyor bilan Moskvaning markazida emas, aksincha uzoqroq viloyatda mashhur boʻlmagan mast kishi bilan roʻy berganida, uning qutulib chiqishi imkoniyati faqat ichki ishlar hodimlari va sudyalarning korruptsiyasiga moyilligiga bogʻliq boʻlardi. Bu holat yildan-yilga kamayib bormoqda – shuningdek, amaldor yoki ichki ishlar xodimlarining mast avtohalokat uyushtirgan hamkasblari yoki qarindoshlarini "yopish" imkoniyati ham kamayib bormoqda.

Sgorevshiy posle avarii v Tashkente avtomobil BMW - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Odamlar tiriklay yongan avariya haqida qoʻshimcha maʼlumotlar berildi

Ammo Yefremov ishining jamiyatda aks-sadosi shuni anglatadiki, na hukumat va na sud tizimida hech kim "alkogolizmga chalingan Yefremov" jazosini hatto yengillashtirishga harakat ham qilmayapti (mish-mishlar uchun yana bir mavzu - u kasalku, unga haydovchilik guvohnomasi qayday berildi-uzaytirildi?). Aksincha, bu holatda, Yefremovning mashhurligi unga qarshi chiqishi mumkin, yaʼni unga maksimal muddatni talab qilishlari mumkin. Yana gap shundaki, yengillashtirish toʻgʻrisida koʻplab soʻrovlar boʻladi, sud ularni albatta hisobga oladi. Shunday qilib, Yefremov oʻtiradi – oʻz qilmishiga yarasha va boshqalarga ibrat boʻlishi uchun.

Bu ibratning hech yomon tomoni yoʻq - faqatgina shu tarzda jamiyatdagi muhit oʻzgaradi. Jamiyatni tinchlantirish yoki qoʻrqitish uchun namoyishkorona sudlarini tashkil qilish mumkin emas. Ammo bu holda, yaqinda boʻlgan futbolchilar Kokorin va Mamayev janjali kabi, "boylar va taniqlilar" sudlanuvchiga aylanib, qonun oldida hamma bilan teng ravishda javob berishi bilan "namoyishkoronalik" oʻz-oʻzidan kelib chiqadi. Shu bilan birga bu "namoyishkoronalik" nafaqat jamiyat axloqi va kayfiyati uchun muhim (yaʼni koʻpchilik hukumatning "hamma uchun adolat"ga erishishga boʻlgan qatʼiy istagini koʻrishi uchun), balki bir qismi oʻzini qonundan baland deb chin dildan hisoblaydigan elita ozchilikligi uchun ham juda muhimdir. Bunday "boshqacha"lar nafaqat amaldorlar orasida – aynan ularning faoliyati ustidan nazorat (davlat va jamoat) yildan-yilga ortib bormoqda. Mansabdorlar korporatsiyasi (keng maʼnoda sudyalar va ichki ishlar xodimlarini hisobga olgan holda) oʻzlarinikiga nisbatan tobora qattiq talablar qoʻymoqda. Albatta, bu yerda hali ish koʻpligi tabiiy - ammo Putin aynan shu ustida asta-sekin, ammo barqaror ish olib bormoqda.

Avtomobil skoroy meditsinskoy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Jizzaxda mudhish avariya: toʻrt inson halok boʻldi

Yoʻq, elitaga oligarxlar, yulduzlar va ziyolilarning "eng zoʻr odam"lari ham kiradi, ularning ahloqiy tamoyillarini “boshliqlari” shakllantiriladi va baholaydi, shuningdek boshqa amaldorlardan farqli oʻlaroq beparvo va xalqdan nafratlanadigan tsex "korporatsiyalar". Mixail Yefremov ham elitaning ushbu qismiga tegishli boʻlib, shuningdek unga "fuqaro shoir" roli berildi, bu deyarli millatning fuqarolik vijdoni roli. Ammo, kino aktyori sifatida Yefremovni taniganlarning koʻpi bilan oʻn foizi uning ijodining bu jihati toʻgʻrisida bilishgan, ammo "eng yaxshi odamlar korporatsiyasi" uchun aynan bu jihat u siyosiy nuqtai nazardan juda muhim boʻlgan.

Ammo har holda, xalqning nazarida, Yefremov har qanday gubernatorga qaraganda ancha elitar.

Shuning uchun, Yefremov ishida siyosiy tarkibni oʻynashga urinishlar juda ahmoqlikdir – unchalik dono boʻlmagan "rejim bilan kurashchilar" amaldorlar yoki qarindoshlari aralashgan bunga oʻhshash mast avtohalokatlardan noroziliklar qani deyishganida. Ammo, deylik Davlat Dumasi mast deputati yoki gubernator birontasini oʻldirib qoʻygani kabi shunga oʻhshash hodisa roʻy bersa - ular haqida hech boʻlmaganda biror narsa maʼlum boʻlar edi (shu bilan birga, barcha katta amaldorlar haydovchilari bilan birga yurishlari aniq). Ammo ohirgi yillarda mintaqaviy oʻrtamiyona amaldorlar bilan yuz bergan alohida voqealardan tashqari esga olib boʻlmaydi. Agar aybdorlardan biri javobgarlikdan qutulgan boʻlsa, demak, bu qandaydir oligarx  mashinasida odamlarni bosgan  oʻgʻlini himoya qilib qolishi bilan bir xil muammo. Bu muammo "hukumattning qonun oldida javob bermasligi" siyosiy muammosi emas, balki aynan sud va xuquqni muhofaza qilish tizimining korruptsiya muammosi.

Xuddi shu tarzda, vaziyatni siyosiylashtirishga qaratilgan yana bir urinish - butun elitani xalqqa qarshi qoʻyish hisobiga - soxta. "Oddiy rus insonini haddidan oshgan va qonunga rioya qilmaydigan elita oʻldirdi – buning yana qanday ramzi boʻlishi mumkin? Endi hukumat oʻzlaridan birini bittasini yopib turadi uning tarafini oladi. Biz: “Ruslarning hayoti katta ahamiyatga ega!” Agarda hukumat adolatsizlikka yoʻl qoʻysa – Rossiyada, Amerikada boʻlganni singari qoʻzgʻolon boʻladi!"

Massovoye DTP v Podmoskovye - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Moskvada 16 avtomobil ishtirokida avariya sodir boʻldi

Ha, bizning elitamizning bir qismini haqiqatan ham parazitar, axloqsiz va hatto rusofob deb atasa boʻladi - ammo bu oʻtib ketayotgan "elita". Biz xohlaganimizdan sekinroq boʻlsa ham, u barqaror ravishda oʻz mavqeini va taʼsirini yoʻqotmoqda, oʻtmishga aylanmoqda - va buni oʻzi ham juda yaxshi tushunib turipti. U qancha koʻp yoʻqotsa, u shunchalar baland bong uradi va atrofni laʼnatlaydi, shunchalar gʻalayonni koʻtarib, kelajakka har qanaqasiga yopishib, mamlakat harakatining yoʻnalishini oʻzgartirishga harakat qilmoqda. Ammo hech qaysinisi ish bermaydi, hammasi behuda. Shu fonda, ushbu ketayotgan jinsning baʼzi afsonaviy "qasosidan" qoʻrqish, va ayniqsa, hukumat uning yugurdagi boʻlib xizmat qilishi hayratlanarli.

8 iyun kuni Mixail Yefremovni avtohalokatga olib kelgan alkogolizm emas, balki oʻziga nisbatan vijdonli boʻlishni istamasligi yoki aniqrogʻi, imkonsizligi. U oʻziga: "ichkilikbozlik mendan kuchliroq boʻldi, men bu chiroqning quliman" deb ayta olmadi. Natijada, uning ojizligi va gunohlari tufayli, yoʻlning narigi betida kelayotgan Sergey Zaxarov halok boʻldi. Rossiya elitasining bir qismi kasalliklari va muammolari Rossiyaning harakat yoʻnalishini oʻzgartira olmaydi, chunki biz nafaqat turli yoʻnalishlarda, balki harakatning har xil darajalarida turibmiz. Baʼzilar oʻtmishga, boshqalar - kelajak sari yoʻl olgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala