Analitika

Pentagonning "Tolibon" bilan "birodarligi" qanday yakun topadi

© AP Photo / Mirwais KhanChlenы terroristicheskogo dvijeniya "Taliban" v Afganistane
Chlenы terroristicheskogo dvijeniya Taliban v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toliblar bilan bitim tuzish orqali AQSH oʻrta asrlardagi terrorchilik harakatini dialektik ravishda "yaxshilab", afgʻon xalqi va Kobuldagi Vashingtonga sodiq hukumat manfaatlariga zid qator jinoyatlarga koʻz yumishga majbur boʻlmoqda.

10 iyun kuni Vashingtonda AQSH Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) qoʻmondoni Kennet Makkenzi, toliblar AQShga hech qachon tahdid qilmaganini aytdi. Goʻyoki, Amerika armiyasining Afgʻoniston hududidagi 19 yillik harbiy amaliyotlari faqatgina bu yerda ID va "Al-Qoida" (Rossiyada taʼqiqlangan terr. guruhlar)  jangarilari borligi bilan izohlanadi. Makkenzi toliblar aslo IDning doʻstlari emasligini va "Al-Qoida" bilan "Tolibon" munosabatlarini tavsiflash qiyinligini aytdi.

Bыvshiye boyeviki Talibana nesut svoye orujiye - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
BMT: “Tolibon” “Al-Qoida” bilan aloqalarni davom ettirmoqda

Shu bilan birga, BMTning soʻnggi hisobotidan shu kelib chiqadiki, amerikaliklar bilan 29 fevral kuni tuzilgan kelishuvdan keyin ham toliblar “Al-Qoida” bilan "doʻstlik, qoʻshma qarshilik tarixi, mafkuraviy xayrixohlik va oilaviy aloqalarni oʻrnatish"ga asoslangan holda yaqin aloqalarni saqlab kelmoqda. AQSH bilan muzokaralar paytida toliblar “Al-Qoida” bilan muntazam ravishda maslahatlashgan va "tarixiy aloqalar" bundan keyin ham hurmat qilinishini kafolatlagan. “Al-Qoida”, oʻz navbatida, Qatarda imzolangan AQSH-“Tolibon” kelishuvini yuqori baholadi va buni toliblar va umumiy ish uchun gʻalaba deb baholadi.

Shubhasiz, Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatilishini davom ettirish va rivojlantirish uchun toliblar va murosasiz muxolifatning boshqa vakillari (mamlakatda oʻttizdan ortiq turli xil qurolli guruhlar mavjud) jirkanch “Al-Qoida”ni butunlay tark etishlari kerak. Boshqa xech qanday variant boʻlmasligi ham kerak. Biroq “Tolibon” rahbariyati BMT hisobotiga salbiy munosabat bildirdi va bunda xalqaro tashkilotning mavkei va vakolati yoʻqolganining alomatlarini koʻrdi: "Umuman olganda, ushbu hisobot Islomiy Amirlik (“Tolibon” - Sputnik) va AQSH oʻrtasida erishilgan kelishuvni buzish va yoʻq qilishga moʻljallangan, bu kelishuv esa Afgʻonistondagi urushni toʻxtatish uchun muhim vosita va dastakdir".

Biz faktlarning buzilishi va tushunchalarning almashinishining guvohi boʻlmoqdamiz, bu esa muqarrar ravishda Afgʻonistonda fuqarolik urushining yangi bosqichiga olib kelishi va qoʻshni Markaziy Osiyoga yangi tahdidlarni keltirib chiqarishi mumkin. Boshidanok amerikaliklar va toliblar oʻrtasidagi kelishuvning muhokamasi, konstruktivligi va haqiqiyligi shubhalarni keltirgan.

Poydevorlarni buzish

“Tolibon” hokimiyatga intilmoqda, bu yoʻlda harbiy vositalarni afzal koʻrib, oʻzini yangi davlatning asosi deb bilmoqda. Toliblar tomonidan aytib oʻtilgan "amirlik" bu amir boshchiligidagi Islomiy davlatning boshqaruv shakli (hokimiyat meros orqali oʻtadi). "Amirlik" soʻzi Xalifalik, Sultonlik va Imomlik tushunchalari bilan oʻhshash (teng), ammo koʻpchilik afgʻonlar bunday istiqbollarni qoʻllab-quvvatlamaydilar. Bugungi kunga qadar Afgʻoniston - Islom Respublikasi boʻlib, unda prezident va parlament aʼzolarini xalq saylaydi.

Kolyuchaya provoloka po perimetru tyurmы - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Afgʻonistonda yuz nafar “Tolibon” aʼzolari qamoqdan ozod qilindi

Toliblar amerikaliklarni va ularning NATO boʻyicha ittifoqchilarini oʻqqa tutmaslikka vaʼda bergan edi, ammo butun bahor ular kuniga oʻrtacha 30tadan qurolli hujumni amalga oshirdi (turli viloyatlarda). The New York Times nashriga koʻra, iyun oyining dastlabki uch kunida Afgʻonistonda 28 nafar xavfsizlik kuchlari va 33 tinch fuqaro halok boʻldi. Toʻqnashuvlar xronikasi afgʻon xalqining taqdiriga mutlaqo eʼtibor berilmasligidan, terroristik tahdidlarning kuchayganligidan va “Tolibon”ning AQSH bilan tinchlik bitimlarining shartli mohiyatidan dalolat beradi. “Tolibon”ni qonuniylashtirilishi choralarini talab etgan "Ichki siyosiy muloqot" formatidagi otishma, haqiqiy tinchlikka va Amerika qoʻshinlarining olib chiqilishiga toʻsqinlik qilmoqda.

Ushbu fonda afgʻon maʼmuriyati Qatarda toliblar bilan muzokaralarga tayyorlanmoqda. Delegatsiyani Afgʻonistonning Milliy yarashuv boʻyicha Oliy Kengashining rahbari va toliblarga uzoq vaqtdan beri raqib boʻlgan Abdulla Abdulla boshqaradi. Vashington Kobulni moliyaviy koʻmakdan mahrum qilish bilan tahdid qilib, bir qator imtiyozlar va hatto taslimlikka oʻxshash harakatlarni qilishga majburlamoqda. Agar tomonlar mahbuslarni ozod qilish boʻyicha majburiyatlarini bajarsalar, 5000 dan oshiq toliblar va atigi 1000 nafar asir harbiy va xavfsizlik kuchlari hodimlari qamoqdan ozod qilinadi. Shubhasiz tengsiz "almashinuv" va oldindan taxmin qilinadigan oqibatlari bilan. Iyun oyi boshiga 2700 tolib va 420 afgʻon xavfsizlik xizmati xodimlari ozodlikka chiqdi.

Qoʻshnilarga tahdid

Nufuzli guruhning terrorchilik faoliyatini siyosiy tekkislikka yaqinlashtirish va qonuniylik illyuziyasini yaratish urinishlari hech qanday yaxshilikka olib kelmaydi. Toliblar hanuz jiddiy harbiy xavf tugʻdirib, sayyora miqyosida narkotrafikni nazorat qilishda davom etmoqda. Pentagonning “Tolibon” bilan paradoksal "birodarligi" vaziyati oʻta beqaror va umuman umidsiz. Tinchlik jarayoni xayollarini qoʻllab-quvvatlash uchun tomonlarning imkoniyatlari cheklangan, yangi inqiroz muqarrar. Shuning uchun Rossiya Markaziy Osiyodagi ittifoqchilari - Tojikiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning chegaralari va harbiy xavfsizligini kuchaytirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.

Ucheniya SHOS Mirnaya missiya - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
“Tolibon” Kobulga keskin talab qoʻydi: SHHT davlatlari qanday javob beradi?

Harbiy diniy harakatning tobora kuchayib borishi va Afgʻonistondagi zoʻravonlikning kuchayishi mintaqadagi qoʻshni davlatlarga tahdid solmoqda. Avvalroq toliblar Afgʻoniston-Tojikiston chegarasi yaqinidagi Yangi-Kala okrugidagi hukumat kuchlari nazorat-oʻtkazish punktlariga hujum qildi - yetti koʻngilli mudofaa jangchisi halok boʻldi, ikkitasi jarohatlandi. Afgʻon xavfsizlik kuchlari mamlakat shimolida tojik jangarilar faollashayotganini qayd etmoqda. Vaziyat KHSHT mamlakatlari va Oʻzbekistondan tanqidiy tahlilni, tegishli choralarni koʻrishni va janubiy chegaralarni mustahkamlashni talab qiladi.

“Tolibon” tarkibi turlicha, AQSH bilan tinchlik bitimlariga mutlaqo qarshi boʻlgan jangarilar guruhi paydo boʻldi. Soʻnggi paytgacha barcha toliblar prezident Ashraf Gʻanining "qoʻgʻirchoq rejimi" bilan muzokara qilmasliklarini daʼvo qilishgan. Manfaatlar muvozanati kimdir tomonidan tartibga solinmoqda.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Afgʻoniston hukumati va “Tolibon” asirlar bilan almashish toʻgʻrisida kelishib oldi

Munosabatlarning murakkab mintaqaviy konfiguratsiyasida anʼanaviy ravishda afgʻon tuprogʻida tinchlik oʻrnatilishida manfaatdor boʻlmagan, toliblar guruhlarini qurol-yarogʻ, manbalar va ularning oilalarini boshpana bilan taʼminlashda yordam beradigan alohida qoʻshnilarning pozitsiyasini ham hisobga olish kerak. Pentagonning maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda Pokistonning janubiy-gʻarbiy Balujiston viloyati toliblarning bazasi va tayanchi hisoblanadi, yaʼni guruh ancha oldin Afgʻoniston chegaralarini chetlab oʻtib, xalqaro miqyosliga aylandi.

2001 yilda Vashington “Tolibon”ga qarshi bir qator harbiy operatsiyalarni boshladi – oʻziga yaqin “Al-Qoida” terrorchilik guruhini berkitgani uchun (11 sentyabrda AQShdagi teraktlardan keyin). AQSH va “Tolibon”ning rasmiy vakillari 18 yillik harbiy harakatlardan soʻng muzokaralar stoliga oʻtirishdi va 29 fevral kuni Qatarning Doha shahrida Afgʻonistondagi AQSH qoʻshinlari sonini bosqichma-bosqich (nolgacha) kamaytirishni koʻzda tutuvchi tinchlik shartnomasi imzolashdi. Faqat toliblar zoʻravonlikdan oʻzini tutishi va rasmiy Kobul bilan yarashishi sharti bilangina. Afgʻonistondagi qurolli mojaro davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0