Dunyoda

“Burgut panjasi”: Turkiya Iroqda kurdlarga qarshi yangi harbiy operatsiyani boshladi

© AFP / OZAN KOSE Turetskiy politseyskiy
Turetskiy politseyskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Turkiya qurolli kuchlari yakshanba kuni Iroq shimolida, mamlakatda taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) aʼzolariga qarshi “Burgut panjasi” nomli operatsiyani boshladi.

TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Turkiya qurolli kuchlari yakshanba kuni Iroq shimolida, mamlakatda taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) aʼzolariga qarshi “Burgut panjasi” nomli operatsiyani boshladi. Bu haqda RIA Novosti TRT’ga asosan xabar qildi.

Zenitnыy raketnыy kompleks S-400 Triumf - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Turkiya Rossiyadan S-400ning yangi partiyasini xarid qiladi

“Samolyotlarimiz terrorchilarning boshlariga qoya toshlarni uloqtirmoqda”, - degan iqtibosni keltiradi kanal Twitter-akkauntida.

Iroq shimolida KIP bazalari bor, ularga qarshi Turkiya qurolli kuchlari havo va quruqlikdagi operatsiyalarni amalga oshirmoqda.

2015 yil iyul oyida Turkiyada partiya bilan qurolli toʻqnashuv qayta boshlanganidan soʻng, mingga yaqin harbiy va politsiya xodimi, shuningdek, 500 ga yaqin tinch aholi kurd isyonchilarining hujumlari natijasida halok boʻldi.

Turkiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, ushbu davrda xavfsizlik kuchlari oʻn mingdan ortiq PKK aʼzolarini yakson qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala