Dunyoda

Putin boshqa davlatlarni eng yangi qurol bilan hayratda qoldirishga vaʼda berdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidentining taʼkidlashicha, Rossiyaning yangi quroli boshqa davlatlar armiyalarini “gipertovushli” qurol bilan taʼminlangan payt paydo boʻladi.

TOSHKENT, 15 iyun - Sputnik. Rossiya gipertovushli qurollarga qarshi kurash vositalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanmoqda. Bu haqda Vladimir Putin “Rossiya 1” telekanalining "Vesti Nedeli" dasturida maʼlum qildi.

Putinning taʼkidlashicha, Rossiyaning yangi quroli boshqa davlatlar armiyalarini "gipertovushli" qurol bilan taʼminlangan payt paydo boʻladi.

Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin: Trampga gipertovushli qurolimizni sotib olishni taklif qildim

"Oʻylaymanki, biz hamkorlarimizni ularda (gipergipertovushli - tahr.) qurol paydo boʻlganida, yuqori ehtimollik bilan, bizda ushbu qurollarga qarshi kurashish vositasi paydo boʻlishi bilan hayratda qoldira olamiz", - dedi Rossiya rahbari.

Putin hozirgi kunga qadar hech kim gipertovush qurollarni yuqori tezligi tufayli "toʻxtatolmasligiga" eʼtibor qaratdi.

"Bizning bugungi kundagi oʻziga xosligimiz aynan shunda", - deb taʼkidladi Rossiya prezidenti.

Putin, shuningdek, Rossiya istiqbolli ishlanmalar boʻyicha birinchi oʻrinda turganligini qoʻshimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala