Toshkentda aholi orasida koronavirus aniqlanishi davom etmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 5100 tadan oshdi. Yangi 11 ta holat poytaxt aholisi orasida aniqlangan.

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi soatlarda 23 ta yangi koronavirus holati aniqlandi. Shundan 11 tasi Toshkentda aholi orasida aniqlangan.

“2020 yil 15-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5103 (+23) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Postoronnim vyezd vospreshen: kak Tashkent protivostoit COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Poytaxtda va ikki viloyatda aholi orasida yangi koronavirus holati aniqlandi

Yangi kasallanganlarning 8 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 11 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, qolgan 4 nafari esa Toshkent viloyatida Rossiyadan chegara post orqali mamlakatga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlandi.

Shu kunda qadarda 3943 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (77 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 1141 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0